Özbekistonning ilk islomiy banki egasi özgaradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Openbank’ning 100 foiz aksiyalari Open Global kompaniyasiga ötkaziladi
Özbekistondagi ilk islom banki egasi özgardi
Foto: Openbank

Özbekistondagi islomiy moliya xizmatlariga ixtisoslaşgan Openbank’ning 100 foiz aksiyalari Open Global kompaniyasiga ötkaziladi. Tegişli qaror Future Open Technology Group aksiyadorlarining 5-noyabr kuni ötkazilgan navbatdan taşqari umumiy yiğilişida qabul qilingan.

Bankning yangi egasi kim

Openbank’ning yagona aksiyadori Future Open Technology Group bankning 100% aksiyalarini «Open Global» MÇJ ustav kapitaliga ötkazadi.

Oçiq reyestr ma’lumotlariga köra, Open Global 2024-yil 7-avgustda 5 mlrd söm ustav kapitaliga ega holding kompaniyasi sifatida röyxatdan ötkazilgan.

Kompaniyaning yagona ta’sisçisi Birlaşgan Arab Amirliklarining erkin iqtisodiy zonalaridan birida röyxatdan ötgan Open Holding hisoblanadi.

Şuningdek, Future Open Technology Group ustav kapitalini 512 mlrd sömdan 20 mlrd sömgaça kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilingan. Buning uçun kompaniyaning nominal qiymati ming sömdan bölgan 492 mln dona aksiyasi qayta sotib olinib, bekor qilinadi.

Openbank avval kimga tegişli edi

Bank 2022-yil dekabr oyida Markaziy bank litsenziyasini olib, Smartbank nomi ostida öz faoliyatini boşlagan. Dastlab u bevosita va bilvosita davlat uluşiga ega Agrobank’ka tegişli bölgan.

2025-yil fevral oyida bankning 90,2% aksiyasi Future Open Technology Group kompaniyasiga 451 mlrd sömga sotilgan. Keyinçalik bank nomi Openbank’ga özgartirilgan.

2026-yil iyun oyida esa Future Open Technology Group bankning 100% aksiyalariga egalik qilayotgani ma’lum bölgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziya 2026-yil 23-oktabrda Open Bank’ka berilgandi.

Shuningdek