Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani ma’lum böldi

Toşkent şahrida jazoni ijro etiş koloniyasida ötirgan mahkum uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan. Unga yordam bergan sakkiz nafar şaxs ham sudlangan. Bu haqda Oliy sud Jamoatçilik bilan aloqalar markazi boş konsultanti Aziz Obidov xabar berdi.
Mahkum qamoqxonadan turib savdoni boşqargan
Tergov ma’lumotlariga köra, jazoni ijro etiş koloniyasi rahbari mahkumga uyali telefon olib kiriş hamda giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullaniş imkonini yaratgan.
Şundan söng mahkum ozodlikda yurgan şeriklari orqali narkotik moddalarni buyurtmaçilarga yetkazib berişni yölga qöygan. Tezkor tadbirlar davomida jinoiy guruhga aloqadorlikda gumonlangan töqqiz nafar fuqaro qölga olingan. Mazkur jinoyat işi Çilonzor tumani jinoyat işlari böyiça sudida körib çiqilgan.
Mahkum 14 yilga qamaldi
Sud hukmiga köra, guruhga rahbarlik qilgan mahkum Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, u öta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilangan. Guruhning yana olti nafar erkak a’zosiga 10 yildan 14 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.
Guruh tarkibidagi ikki ayoldan biri ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan. Unga avvalgi hukmi böyiça ötalmagan jazo muddati ham hisobga olingan holda 8 yil 6 oy qamoq jazosi tayinlangan. Bundan taşqari, u jazoni ötaş joyida giyohvandlikdan majburiy davolanişi belgilangan. Ikkinçi ayol esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Avvalroq Özbekistonda 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar noqonuniy muomalasi bilan boğliq 14,3 mingta jinoyat aniqlangandi.