Qatarda U-17 jahon çempionati boşlandi: Özbekiston guruhda kimlar bilan öynaydi

Qatarda 19-noyabr kuni futbol böyiça U-17 jahon çempionati boşlandi. Turnirda 48 ta terma jamoa iştirok etmoqda. Özbekiston U-17 terma jamoasi «E» guruhidan örin olgan va ilk uçraşuvini 20-noyabr kuni Kot-d’Ivuarga qarşi ötkazadi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Özbekistonning raqiblari
Özbekiston terma jamoasi «E» guruhida Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuarga qarşi bahs olib boradi.
Sergey Çigodaev şogirdlarining guruh bosqiçidagi uçraşuvlari Toşkent vaqti bilan quyidagi kun va soatlarda boşlanadi:
20-noyabr — Kot-d’Ivuar bilan, 21:00;
23-noyabr — Yamayka bilan, 18:00;
26-noyabr — Italiya bilan, 19:00.
Barça uçraşuvlar Dohadagi «Aspire Zone» majmuasida ötkaziladi.
Turnirda 48 ta jamoa qatnaşmoqda
U-17 jahon çempionatida 48 ta terma jamoa 12 guruhga bölingan.
- «A» guruhi — Qatar, Panama, Misr, Gretsiya.
- «B» guruhi — Janubiy Koreya, Uganda, Yangi Kaledoniya, Ekvador.
- «C» guruhi — Argentina, Avstraliya, Mozambik, Daniya.
- «D» guruhi — Fransiya, Gaiti, Saudiya Arabistoni, Urugvay.
- «E» guruhi — Italiya, Yamayka, Kot-d’Ivuar, Özbekiston.
- «F» guruhi — Senegal, Xorvatiya, Kuba, Tojikiston.
- «G» guruhi — Mali, Yangi Zelandiya, Belgiya, Vyetnam.
- «H» guruhi — Ispaniya, Xitoy, Fiji, Marokaş.
- «I» guruhi — Braziliya, Irlandiya, Tanzaniya, Kosta-Rika.
- «J» guruhi — Dominikan Respublikasi, Çernogoriya, Çili, Jazoir.
- «K» guruhi — Meksika, Ruminiya, Kamerun, Venesuela.
- «L» guruhi — Yaponiya, Kolumbiya, Serbiya, Gonduras.
32 ta jamoa pley-offga çiqadi
Guruhlarning dastlabki ikki örinini egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Şuningdek, uçinçi örinni egallagan terma jamoalar orasidan eng yaxşi sakkiztasi ham keyingi bosqiçda iştirok etadi. Şu tariqa 32 ta terma jamoa pley-offda çempionlik uçun kuraşni davom ettiradi.
AQŞ terma jamoasi 11-noyabr kuni turnirda iştirok etişdan boş tortgan. FIFA qaroriga köra, uning örnini Dominikan Respublikasi egallagan. Bu jamoa uçun U-17 jahon çempionatidagi ilk iştirok böladi.
Özbekistonlik hakamlar ham işlaydi
Turnirda Özbekistonlik hakamlar ham faoliyat yuritadi. Asker Nafaliyev boş hakam sifatida, Baxtiyorxöja Şavkatov va Avazbek Abdullayev esa qanot hakamlari sifatida işlaydi.
Özbekistonlik hakamlar brigadasining turnirdagi ilk uçraşuvi Mozambik va Daniya örtasidagi bahs böladi.
Avvalroq Özbekiston terma jamoasi Dohada Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazilgan örtoqlik uçraşuvida 2:1 hisobida ğalaba qozonib, 5,35 oçko qöşib olgandi.