Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida Javdat Yilmaz Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdoğonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Savdo va investitsiya masalalari muhokama qilindi
Muloqot davomida Özbekiston va Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar, xususan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sanoat, qişloq xöjaligi, quriliş, axborot texnologiyalari, turizm, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga e’tibor qaratdi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, sönggi yillarda ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi va qöşma korxonalar soni izçil oşib bormoqda.
200 dan ortiq kompaniya biznes forumda qatnaşdi
Uçraşuvda Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş taşkil etilgani ham qayd etildi.
19-noyabr kuni Toşkentda kengaşning ilk yiğilişi bölib ötdi. Uning doirasida yangi investitsiya loyihalari va savdo kelişuvlariga erişilgani ma’lum qilindi.
Şuningdek, 200 dan ortiq yetakçi kompaniya va işbilarmon iştirokida biznes forumi ötkazildi.
Tomonlar erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş hamda bölajak muhim tadbirlarga tayyorgarlik köriş masalalarini ham muhokama qildi.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida iştirik etgani haqida yozgan edi.