Turkiyalik investorlarga imtiyozlar, prezidentlar uçraşuvi va qamoqdagi narkodökon — 19-noyabr dayjesti

Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yil 19-noyabrda sodir bölgan eng muhim voqea va hodisalarni jamladi.
Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Turkiya kompaniyalari Özbekistondagi yirik loyihalarda faol qatnaşişi kerak» — Şavkat Mirziyoyev

Özbekiston Turkiya kompaniyalari bilan raqamli texnologiyalar, moliyaviy xizmatlar, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va infratuzilma sohalarida yangi loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida ma’lum qildi. Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya hajmi va belgilangan şartlarga qarab, investorlarga 3 yildan 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.
Tramp, Si Szinpin va Putin Şençjenda uç tomonlama muzokarani boşladi

AQŞ prezidenti Donald Tramp, Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-noyabr kuni Şençjenda APEC sammiti doirasida uç tomonlama muzokarani boşladi.
Oltin rekord narxiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak — Goldman Sachs

Oltin narxi 2028-yil oxiriga borib bir troya unsiyasi uçun $5 600 ga yetişi mumkin. Goldman Sachs investitsiya banki tahlilçilarining fikriça, qimmatbaho metallning rekord qiymatiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak böladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ronaldu eng yaxşi futbolçi sovriniga da’vogar böldi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga köra Yaqin Şarqning 2026-yildagi eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod böldi.
Portugaliyalik futbolçi uşbu mukofotni 2023-yildan buyon qöldan bermay kelmoqda va bu yil ham amaldagi ğolib sifatida sovrinini himoya qiladi.
Qatarda U-17 jahon çempionati boşlandi: Özbekiston guruhda kimlar bilan öynaydi

Qatarda 19-noyabr kuni futbol böyiça U-17 jahon çempionati boşlandi. Turnirda 48 ta terma jamoa iştirok etmoqda. Özbekiston U-17 terma jamoasi «E» guruhidan örin olgan va ilk uçraşuvini 20-noyabr kuni Kot-d’Ivuarga qarşi ötkazadi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani ma’lum böldi

Toşkent şahrida jazoni ijro etiş koloniyasida ötirgan mahkum uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan. Unga yordam bergan sakkiz nafar şaxs ham sudlangan. Bu haqda Oliy sud Jamoatçilik bilan aloqalar markazi boş konsultanti Aziz Obidov xabar berdi.