Çirçiq daryosiga Cobalt tuşib ketdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobil maxsus texnika yordamida çiqarildi
Foto: FVV

Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida Cobalt avtomobili Çirçiq daryosiga tuşib ketdi. Haydovçi mustaqil ravişda avtomobildan çiqişga muvaffaq bölgan. Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Avtomobil maxsus texnika yordamida çiqarildi

18-noyabr kuni soat 14:50 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Yuqori Çirçiq tumani Saksonota mahallasi hududidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosiga Cobalt avtomobili tuşib ketgani haqida xabar kelib tuşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtomobil daryoga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan FVV qutqaruvçilari maxsus texnika va qutqaruv asbob-uskunalari yordamida avtomobilni suvdan çiqarib olgan.

Ma’lum qilinişiça, avtomobilda haydovçidan boşqa heç kim bölmagan. U maşina suvga tuşgan vaqtda mustaqil ravişda taşqariga çiqqan.

Avvalroq Çevrolet Cobalt sotib olgandan keyin nimalarni tekşiriş kerakligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek