Aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari hajmi qariyb 40 foizga oşdi

2026-yilning yanvar – oktabr oylarida Özbekistonda tijorat banklari tomonidan aholiga 23,6 trln sömlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 39,5 foizga köp, deya xabar berdi Markaziy bank.
Hisobot davrida birlamçi uy-joy bozorida 17,4 trln sömlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga köp.
Ikkilamçi uy-joy bozorida esa ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 33 foizga ösiş bilan 6,2 trln sömga yetdi.
Ayollarga ajratilgan ipoteka kreditlari 67 foizga oşdi
Yanvar – oktabr oylarida erkaklarga 12,2 trln sömlik, ayollarga esa 11,4 trln sömlik ipoteka kreditlari ajratildi.
Ötgan yilning mos davriga nisbatan erkaklarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 20,9 foizga, ayollarga ajratilgan kreditlar hajmi esa 67 foizga oşdi.
Yoşlar 7,2 trln sömlik ipoteka krediti oldi
Joriy yilning ön oyida yoşlarga ajratilgan ipoteka kreditlari soni 36,5 foizga ortib, 22,3 mingtaga yetdi. Mazkur kreditlarning umumiy hajmi esa ötgan yilning mos davriga nisbatan 42,9 foizga oşib, 7,2 trln sömni taşkil etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq aholi mikroqarzni kamroq, boşqa kreditlarni köproq olayotgani xabar qilingandi. Joriy yilning yanvar – iyun oylarida mikroqarzlarsiz aholiga ajratilgan kreditlar ötgan yilning shu davridagiga nisbatan 36,9 foizga ösdi. Çakana savdo aylanmasi esa joriy narxlarda 26,8 foizga köpaygan. Natijada har 100 sömlik çakana savdoga töğri keladigan kredit miqdori 2024-yildagi 15,7 sömdan 2025-yilda 18,4 sömga, bu yil esa 19,8 sömga yetdi.