Urgutda 36 ming dollarlik giyohvandlik vositalari savdosi foş etildi

eʼlon qilindi
Jinoyat işlari qözğatildi
Urgutda 36 ming dollarlik giyohvandlik vositalari savdosi foş etildi
Foto: DXX videosidan ekran tasviri

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari va kuçli ta’sir qiluvçi dorilar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Samarqandda qariyb 2 kg opiy bilan ikki kişi uşlandi

DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Urgut tumanida tezkor tadbir ötkazildi. Unda 1987 va 1994-yillarda tuğilgan ikki şaxs 1 kg 950 gramm opiyni $36 mingga sotayotgan vaqtida uşlandi.

Ma’lum qilinişiça, giyohvandlik vositasi Özbekistonga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan. Modda aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Xorazmda gaşiş, mefedron va kuçli ta’sir qiluvçi dorilar topildi

Xorazm viloyatida avvaldan kuzatuvga olingan 1999-yilda tuğilgan şaxs Urganç tumanidagi vaqtinça yaşab turgan xonadonidan çiqqan paytda töxtatildi.

Şu vaqtda uning tanişi bölgan ayol xonadon derazasidan sellofan paketni taşqariga uloqtirgani qayd etilgan.

Paket közdan keçirilganda undan 715 gramm gaşiş, 0,92 gramm mefedron hamda tarkibida pregabalin bölgan 23 dona «PGN 300» dori vositasi topilgan.

Qaşqadaryoda «Cobalt» yölovçisidan opiy va gaşiş topildi

Qaşqadaryo viloyatidagi «Umakay» yöl-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toşkentga ketayotgan «Cobalt» avtomobili töxtatildi.

Maşina yölovçisi bölgan, Denov tumanida yaşovçi 1996-yilda tuğilgan şaxsning yonidan 327 gramm opiy va 127 gramm gaşiş topildi.

DXX ma’lumotiga köra, bu moddalar avvalroq Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.

Jinoyat işlari qözğatildi

Barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani ma’lum bölgani haqida yozgan edi.

Shuningdek