Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi. U Özbekistonda ötayotgan ösmirlar örtasidagi dzyudo böyiça jahon çempionati munosabati bilan mamlakatga taşrif buyurgan.
Uçraşuvda Xalqaro dzyudo federatsiyasi bilan milliy dzyudo maktabini rivojlantiriş, yoş sportçilarni tayyorlaş va xalqaro musobaqalarni Özbekistonda ötkaziş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Toşkentda uç yilda 10 ta xalqaro musobaqa ötkazildi
Prezident matbuot xizmatiga köra, Toşkent jahonning muhim dzyudo markazlaridan biriga aylanib bormoqda.

Sönggi uç yil davomida Özbekistonda 4 mingdan ortiq sportçi iştirokida 10 ta xalqaro musobaqa taşkil etilgan. 2026-yilgi ösmirlar örtasidagi jahon çempionati esa Özbekistonda ilk bor ötkazilmoqda.
Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorgarlik muhokama qilindi
Uçraşuvda milliy terma jamoani Los-Anjeles Olimpiya öyinlariga tayyorlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, Özbekistonda yaratilgan sport infratuzilmasidan foydalanib sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaş, şuningdek, sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça fikr almaşildi.
Marius Vizer Özbekistonda sportni rivojlantiriş va yoşlarni sportga jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholadi.
Avvalroq «Kursiv» Vizer Toşkentda kutib olingani haqida yozgan edi.