Ikki hududda 334,7 mln sömlik gazdan noqonuniy foydalaniş aniqlandi

Toşkent va Farğona viloyatlarida jami 334,7 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.
Böstonliqda 227 mln sömlik gaz noqonuniy işlatilgan
Departamentning Böstonliq tumani bölimi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro «Parğos» MFY hududidagi xonadonda tabiiy gaz hisoblagiçiga taşqi ta’sir körsatgani aniqlangan.
Natijada u 227 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani qayd etilgan.
Farğonada gaz tarmoğiga töğridan-töğri ulanilgan
Departamentning Furqat tumani bölimi tekşiruvida fuqaro öz xonadonida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulangani aniqlangan.
Departament hisob-kitobiga köra, uşbu holatda 107,7 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Urgutda 36 ming dollarlik giyohvandlik vositalari savdosi foş etilgani haqida yozgan edi.