Yomğirli iliq havo: dam oliş kunlari qanday ötadi

Özbekistonda 21 – 22-noyabr — dam oliş kunlari asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduz kunlari havo harorati 25 darajagaça kötariladi, ayrim hududlarda esa yomğir yoğişi va şamol kuçayişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
Hududlarda qanday ob-havo kuzatiladi
Şanba kuni Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida, yakşanba kuni esa respublikaning şimoliy hududlarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçalari 9–14 daraja, kunduz kunlari 20–25 daraja iliq böladi.
Ayrim joylarda tuman tuşişi kutilmoqda. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gaça kuçayib, çang-tözonlarni yuzaga keltirişi mumkin. 21-noyabr kuni respublikaning ayrim toğli hududlarida yomğir va qor yoğişi kutilmoqda.
Toşkentda ob-havo qanday böladi
Poytaxtda dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçalari 11–13 daraja, kunduz kunlari 20–22 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda noyabr oxirida havo sifati yomonlaşişi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 19 – 30-noyabr kunlari uçun Toşkentdagi ob-havo şaroiti va havoning ifloslaniş ehtimoli böyiça prognoz e’lon qildi. Institut direktori Doniyor Turğunovning aytişiça, 19 – 20-noyabr kunlari şamol ifloslangan havoni tarqatişga va şahar havosini tozalaşga yordam beradi.