Tramp AQŞning kiberxavfsizlik rahbarini lavozimidan oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
18 mingdan ortiq reyslarga ta’sir qilgan uziliş
Tramp AQŞning kiberxavfsizlik rahbarini lavozimidan oldi
Foto: Whitehouse.gov

AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyning milliy kiberxavfsizlik direktori Şon Kairnkrossning lavozimdan ketişini qöllab-quvvatladi. Bu qaror AQŞda aviatsiya, bank xizmatlari va Microsoft tizimlariga ta’sir qilgan yirik texnik uzilişlardan keyin qabul qilindi, deb yozdi Reuters.

Reuters manbasiga köra, Kairnkross işdan böşatilgan. Axios esa ikki manbaga tayanib, uning ketişini özaro kelişilgan qaror sifatida tasvirlamoqda. Naşrga köra, Kairnkross lavozimda yana ikki yil qolişni istamagan va yangi rahbarni Senatda tasdiqlaş uçun vaqt qoldiriş maqsadida hozir ketişga qaror qilgan.

Uning örnini Kirsten Devis vaqtinça egallaydi

Milliy kiberxavfsizlik direktori vazifasini vaqtinça Pentagonning axborot texnologiyalari böyiça rahbari Kirsten Devis bajaradi. Doimiy rahbar Senat tasdiğidan ötişi kerak.

Kairnkross federal idoralarning kiberxavfsizlik siyosati va strategiyasini muvofiqlaştiruvçi Milliy kiberxavfsizlik direktori ofisiga rahbarlik qilgan.

18 mingdan ortiq reyslarga ta’sir qilgan uziliş

13-noyabr kuni AQŞ havo harakatini boşqariş tizimidagi nosozlik sabab mamlakat böylab samolyotlarning uçişi qariyb beş soatga töxtatilgan.

Reuters ma’lumotiga köra, uziliş 18 mingdan ortiq reyslar va qariyb 1 mln yölovçiga ta’sir qilgan. Dastlabki tekşiruvlarda muammo L3Harris tomonidan Arkanzasdagi obyektga örnatilgan router bilan boğliq bölişi mumkinligi aytilgan.

Hodisa ortidan AQŞda bir neça kun davomida reyslar bekor qilinişi va keçikişlar kuzatildi.

Hodisalar muvofiqlaştirilgan kiberhujum deb topilmadi

Ayni davrda AQŞning yirik banklari, Microsoft foydalanuvçilari va boşqa texnologik xizmatlarda ham uzilişlar kuzatildi.

Biroq AQŞ razvedka rahbariyati bu holatlarni muvofiqlaştirilgan yoki davlat tomonidan uyuştirilgan kiberhujum deb hisoblamayotganini bildirgan. Reuters ma’lumotiga köra, hodisalar texnik xizmat körsatiş va tizimlardagi özgarişlar bilan boğliq alohida uzilişlar sifatida baholanmoqda.

Şu sabab Kairnkrossning ketişini aynan Microsoft’dagi uzilişning bevosita oqibati sifatida körsatiş hozirça töliq tasdiqlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp, Si va Putin uçraşuvi yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek