Toşkent – Parkent elektropoyezdi işga tuşdi: yöl haqi 10 ming söm

Toşkent va Parkentni boğlovçi yangi elektropoyezd 57,6 kilometr masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi. Yöl haqi 10 ming söm bölib, bu uşbu yönalişdagi taksi xizmatining örtaça narxidan 2,5 barobar arzon. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Temir yöl qurilişiga 535,4 mlrd söm sarflandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 19-noyabr kuni Toşkent şahridan Parkent tumaniga elektropoyezdda bordi. Loyiha doirasida 535,4 mlrd söm hisobidan 24 kilometrlik Baytqörğon – Parkent elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi.
Şuningdek, yangi bekat, 3 ta köprik, avtomobil yöl ötkazgiçi, 77 ta suv ötkaziş inşooti hamda 16 ta avtomobil va temir yöl kesişmasi barpo etildi. 24 kilometrlik kontakt tarmoği va elektr uzatiş liniyasi ham qurildi. Loyiha natijasida 40 ta yangi iş örni yaratildi.
Poyezd 586 nafar yölovçiga möljallangan
Yönalişda 6 ta vagondan iborat EP3D elektropoyezdi qatnamoqda. Qiymati 124 mlrd söm bölgan poyezd 586 nafar yölovçiga möljallangan va soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Yangi yönalişda kuniga 2 ming nafargaça, yiliga esa 300 ming nafar yölovçini taşış imkoniyati mavjud. Vagonlarda iqlim nazorati tizimi, USB quvvatlaş nuqtalari va bepul Wi-Fi mavjud. Nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar va moslaştirilgan joylar, velosiped taşiş moslamalari hamda elektron axborot tablolari örnatilgan.
Parkent vokzalini rivojlantiriş topşirildi

Safar çoğida prezident Toşkent viloyatida yer resurslaridan samarali foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qişloq xöjaligi va mahsulotlarni qayta işlaş tarmoqlari salohiyatini kamida ikki barobar oşiriş imkoniyatlariga e’tibor qaratdi.
Şavkat Mirziyoyev Parkentdagi yangi vokzal bilan tanişib, temir yöl infratuzilmasini takomillaştiriş, xizmat sifatini oşiriş va yölovçilar uçun qulayliklarni kengaytiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Avvalroq Toşkent – Parkent – Toşkent yönalişida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyilgani haqida xabar berilgan edi.