Lufthansa ming iş örnini qisqartirmoqçi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Frankfurt va Myunxendagi markazlarida mingta iş örnini qisqartirişni rejalaştirmoqda. Bunga kompaniyaning davom etayotgan moliyaviy yöqotişlari sabab bölmoqda, deb yozdi DW.
Töqqiz oyda 180 mln yevro zarar
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida aviakompaniyaning operatsion zarari 180 mln yevroni taşkil etgan.
Lufthansa rahbariyati maktubida kompaniya ketma-ket uçinçi yil moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli işlamayotgani qayd etilgan.
Rahbariyatga köra, Lufthansa hozir xarajatlar tuzilmasi, samaradorlik va mehnat unumdorligi böyiça yetarli darajada raqobatbardoş emas.
Reyslar va xodimlar uçun imtiyozlar ham qisqaradi
Iş örinlarini kamaytirişdan taşqari, kompaniya xarajatlarni qisqartiriş böyiça boşqa çoralarni ham rejalaştirmoqda.
Xususan, xodimlarning xizmat safari böyiça ayrim imtiyozlarini qisqartiriş, ekipajlarning xorijda tunab qolişini kamaytiriş va qisqa hamda örta masofali yönalişlarda siğimni pasaytiriş közda tutilgan.
Buning uçun ayrim Airbus A320 samolyotlarini kiçikroq Airbus A220 samolyotlariga almaştiriş rejalaştirilmoqda.
Starlink orqali qöşimça daromad olişmoqçi
Lufthansa şuningdek oyiga 10 ta samolyotni Starlink sun’iy yöldoş interneti bilan jihozlamoqçi.
Kompaniya bortdagi internet xizmatlarini monetizatsiya qiliş orqali qöşimça daromad olişni rejalaştirmoqda. Qisqartirişlar qaçon boşlanişi hozirça noma’lum.
Avvalroq 2025-yil sentabrida Lufthansa sun’iy intellekt va raqamlaştiriş hisobiga 4 mingta ma’muriy lavozimni qisqartiriş rejasini ham e’lon qilgan edi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Wizz Air samolyotlarida Starlink interneti joriy etilişi haqida yozgan edi.