Özbekistonda quriliş materiallari eksporti 3 baravardan köproqqa oşiriladi

Özbekistonda 161 turdagi quriliş materiali böyiça içki talabni qoplaş uçun yetarli işlab çiqariş quvvatlari mavjud. Şunga qaramay, sifat va brend bilan boğliq kamçiliklar sabab bu mahsulotlar importi yiliga $780 mlnni taşkil qilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Sakkiz turdagi mahsulotga $280 mln sarflanmoqda
Mamlakatda keramik plita, bazalt qoplama, quriliş oynasi va gazoblok kabi mahsulotlarni işlab çiqariş quvvatlari içki ehtiyojni qoplaşga yetadi. Masalan, keramik plita işlab çiqariş quvvati içki talabdan 3 barobar yuqori. Biroq yirik ölçamdagi plitalar importiga har yili $25 mln sarflanmoqda.
Lok-böyoq, gulqoğoz va energiya tejamkor oyna kabi 8 turdagi tayyor mahsulot importi esa jami $280 mlnga yetgan. Prezident mahalliy korxonalar oldida mahsulot sifati, dizayni va raqobatbardoşligini oşiriş vazifasi turganini ta’kidladi.
Zangiotada $30 mlnlik lok-böyoq zavodi quriladi
Uşbu yönalişda Turkiyaning Betek kompaniyasi bilan Toşkent viloyatining Zangiota tumanida $30 mlnlik lok-böyoq zavodi qurilişini boşlaş rejalashtirilmoqda.
Hokimlarga iste’molçilar talabi va xalqaro brendlar imkoniyatini örganiş hamda import örnini bosadigan yangi loyihalarni işlab çiqiş topşirildi.
Quriliş materiallari eksportini $5 mlrdga yetkaziş mumkin

Davlat rahbari ma’lumotiga köra, yaqin yillarda yuqori qoşilgan qiymatli mahsulotlarni köpaytiriş, mahalliy developerlarni xorijiy tenderlarga olib çiqiş va uzluksiz logistika zanjirlarini yaratiş hisobiga quriliş materiallari eksportini $5 mlrdga yetkaziş imkoniyati mavjud.
Qöşni va yaqin bozorlarda quriliş materiallariga yillik talab qariyb $50 mlrdga baholanmoqda. Şavkat Mirziyoyev bozor tez özgarayotgani sabab tadbirkorlar bilan muloqotni yiliga bir marta emas, zarur bölsa, har oy ötkaziş kerakligini ham ta’kidladi.
Avvalroq Özbekistonda quriliş materiallari sanoatida işlab çiqariş hajmi 53 trln sömga yetgani haqida xabar berilgan edi.