Ortiqxöjayevning AQŞdagi kompaniyasi Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib oladi

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniyaning AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (SEC)ga 6-noyabr kuni taqdim etgan hisobotida ma’lum qilindi
Ortiqxöjayevning AQŞdagi kompaniyasi Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib oladi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

AQŞda röyxatdan ötgan, Jahongir Ortiqxöjayev oilasi nazoratidagi TEG Overseas kompaniyasi Toşkentdagi Alfraganus mehmonxonalar majmuasini öz tarkibiga kiritmoqçi. Bitim doirasida kompaniya 12 mlrd söm tölab berişi hamda $100 mlnlik kredit majburiyatini öz zimmasiga olişi rejalaştirilgan.

Bu haqda kompaniyaning AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (SEC)ga 6-noyabr kuni taqdim etgan hisobotida ma’lum qilindi.

Dastlabki kelişuv 3-noyabr kuni TEG Overseas’ning Özbekistondagi şuba korxonasi TEG SPV va Dreams Island kompaniyasi örtasida imzolangan. Har ikkala kompaniya ham AKFA Group bilan boğliq bölgani sababli bitim guruh içidagi korporativ qayta taşkil etiş hisoblanadi.

Majmua tarkibiga oltita mehmonxona kiradi

Toşkent şahrining Mirobod tumanida joylaşgan Alfraganus majmuasi oltita xalqaro brend ostida faoliyat yuritişi rejalaştirilgan mehmonxonalarni öz içiga oladi.

Bular Hyatt Place (201 ta xona), Hilton Garden Inn (200 ta), Fairfield by Marriott (204 ta), ibis (202 ta), Holiday Inn Express (202 ta) va Wyndham Garden (201 ta) mehmonxonalari.

Majmuadagi xonalarning umumiy soni 1,2 mingtani taşkil etadi. Bundan taşqari, uning tarkibida 7,2 ming kvadrat metr maydonga ega konferensiya va tadbirlar markazi ham mavjud.

TEG Overseas ma’lumotiga köra, majmua qurilişi yakuniy bosqiçda. Barça mehmonxonalarni 2027-yilning ikkinçi çoragida işga tuşiriş kutilmoqda.

12 mlrd sömlik bitim va $100 mlnlik kredit

Dastlabki kelişuvga köra, TEG SPV mehmonxonalar majmuasi uçun Dreams Island kompaniyasiga QQS bilan birga 12 mlrd söm tölaydi. Bu şartnoma imzolangan kundagi valyuta kursi böyiça taxminan $1 mlnga teng.

Şuningdek, kompaniya Dreams Island’ning Qozoğistondagi Halyk Bank oldidagi $100 mlnlik kredit majburiyatini ham öz zimmasiga oladi.

Kredit şartnomasi 2025-yil 20-martda tuzilgan. Mablağlar avvalgi kreditni qayta moliyalaştiriş va Alfraganus majmuasini qurişga yönaltirilgan.

Kreditning yillik foiz stavkasi 8 foizni taşkil etadi. Qarzdorning aylanmasiga oid şart bajarilmasa, stavka 8,5 foizga oşiriladi. Asosiy qarzni qaytariş 2027-yil aprelidan boşlanişi, kredit esa 2031-yil oxirigaça töliq qoplanişi belgilangan.

Kredit böyiça Artel Electronics, Artel Electronics Manufacturing, Quality Device va AKFA Dream World kompaniyalari kafil sifatida körsatilgan.

Bitim qaçon yakunlanadi

Tomonlar asosiy şartnomani 2027-yil 30-iyunga qadar imzolaşni rejalaştirmoqda. Zarurat tuğilganda uşbu muddat yana uç oyga uzaytirilişi mumkin.

Biroq bitim amalga oşirişi uçun bank va boşqa vakolatli tomonlarning roziligi talab etiladi.

«Dastlabki kelişuv majburiy huquqiy kuçga ega emasligi hamda tomonlar asosiy şartnomani imzolaş va bitimni yakunlaş majburiyatiga ega emasligi sababli TEG SPV aktivlarni sotib olişi kafolatlanmaydi», – deyiladi kompaniya hisobotida.

TEG Overseas kimga tegişli

TEG Overseas AQŞning Nevada ştatida röyxatdan ötgan. Kompaniya aksiyalari birjadan taşqari (OTC) bozorda TEGO tikeri ostida kotirovka qilinadi.

Kompaniya aksiyalarining 68,3 foizi «Tourism and Entertainment Group» MÇJga tegişli. Mazkur korxonaning 99,93% uluşiga Toşkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayev egalik qiladi.

TEG Overseas’ning yana 31,14% aksiyasi uning qizi Irodaxon Abduvahidovaga tegişli. U kompaniya direktorlar kengaşi a’zosi ham hisoblanadi.

Umuman olganda, AQŞdagi kompaniya aksiyalarining kamida 99,4 foizi Ortiqxöjayevlar oilasi nazoratida.

2026-yil oktabr oyida TEG Overseas tarkibiga Hilton Tashkent City mehmonxonasi, Buxorodagi Wyndham mehmonxonasi va CAEx körgazmalar markazi bilan boğliq kompaniyalar kiritilgan edi.

Alfraganus böyiça bitim amalga oşsa, TEG Overseas’ning Özbekistondagi mehmonxonalar portfeli ikkitadan sakkiztaga kengayadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ortiqxöjayev «Paxtakor» futbol klubi bilan hamkorlikni yakunlaşga qaror qilgandi.

Shuningdek