Said Abdulaziz Yusupov 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Yusupov avval ham sudlangan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

«Oq va qora» turkum videolari muallifi, sobiq jurnalist Said Abdulaziz Yusupov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş va oğirlaştiruvçi holatlarda tuhmatda aybli deb topildi.

Ma’lum qilinişiça, 20-noyabr kuni harbiy sud Yusupovga nisbatan hukm çiqargan. Sud uni Jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan – Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş hamda 139-moddasi 2-qismi «a» va «g» bandlarida körsatilgan oğirlaştiruvçi holatlarda tuhmat qiliş jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Yusupov avval ham sudlangan

Said Abdulaziz Yusupov 2019-yil 10-may kuni firibgarlikda gumonlanib qölga olingan. Öşanda unga özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik va pora beriş bilan boğliq ayblovlar qöyilgan.

Dastlab unga 6,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Keyinçalik jazo 2,5 yil axloq tuzatiş işlariga özgartirilgan va u 2020-yil 8-iyul kuni ozodlikka çiqarilgan.

«Oq va qora» loyihasi bilan tanilgan

Said Abdulaziz Yusupov 1982-yilda Navoiy viloyatida tuğilgan. U Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvçi sifatida işlagan.

Yusupov OAVdagi maqolalari va videomateriallari, xususan, «Oq va qora» hamda «Niqobli odam» turkumidagi çiqişlari bilan tanilgan. Uning uçta FFF nazariyasi haqidagi çiqişlari ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgan.

Avvalroq Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudi Demokrat.uz internet-naşrining sobiq rahbari Mehmonov Fazlidinxonni 10-yil 3-oyga, bloger Ğoipnazarov Azizni esa 10-yil 1-oyga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Shuningdek