Özbekistonda minglab köçma savdo nuqtalari taşkil etiladi

eʼlon qilindi
Pegasus Buxoro, Termiz va Andijonga parvozlarni boşlaydi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekistonda sayyohlar uçun qulayliklarni oşiriş maqsadida minglab köçma savdo nuqtalarini taşkil etiş, xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş va xorijiy tölov tizimlari bilan integratsiyani rivojlantiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 20 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida ötkazilayotgan quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvda ma’lum qilindi.

Pegasus Buxoro, Termiz va Andijonga parvozlarni boşlaydi

Bugungi kunda Özbekistondan dunyoning 102 ta şahriga töğridan töğri xalqaro reyslar amalga oşirilmoqda. Biroq Avstraliya, Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan kelayotgan sayyohlar hanuz tranzit yönalişlaridan foydalanmoqda.

Şu munosabat bilan xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş vazifasi belgilangan. Kelasi oy Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi Buxoro, Termiz va Andijonga töğridan töğri reyslarni yölga qöyişi kutilmoqda. Turkish Airlines, Etihad Airways va Flynas kabi aviakompaniyalar ham yangi yönalişlarga qiziqiş bildirgan.

Mutasaddilarga «beşinçi havo erkinligi» rejimidan foydalanib, xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş topşirilgan.

Minglab köçma savdo nuqtalari oçiladi

Sayyohlar uçun qulay tölov xizmatlarini yaratiş hamda köçma savdoni rivojlantiriş çoralari ham körib çiqilgan. Özbekistonda Apple Pay va Google Pay xalqaro tölov tizimlari işga tuşgani qayd etilgan. Endilikda banklarga Xitoy, Hindiston va Indoneziya kabi mamlakatlarning tölov tizimlari bilan ham integratsiyani ta’minlaş vazifasi yuklatilgan.

Bundan taşqari, mehmonxonalar, muzeylar, teatrlar, vokzallar va xiyobonlar atrofida suvenirlar, içimliklar hamda tez tayyorlanadigan taomlar sotiladigan köçma savdo nuqtalarini köpaytiriş taklif etilgan.

Hokimlar bir oy muddatda bunday savdo nuqtalari uçun joylar, harakat yönalişlari, iş vaqti va yagona dizayn talablarini tasdiqlaşi kerak.

Rejaga köra, Toşkent şahri va Samarqandda 1 000 tadan, Buxoro va Xorazmda 500 tadan, boşqa hududlarda esa 200 tadan köçma savdo nuqtasi taşkil etiladi.

Avvalroq Özbekistonda turizmni rivojlantiriş böyiça yangi strategiya qabul qiliş rejalaştirayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek