Jizzaxda kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan şaxs uşlandi

eʼlon qilindi
2000-yilda Ğallaorol tumanida tuğilgan fuqaroning faoliyati tekşirilgan
Foto: Jizzax Içki işlar boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti

Jizzax viloyatida 165,3 mln sömlik kriptoaktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangan şaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2026-yil 7-oktabr kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida 2000-yilda Ğallaorol tumanida tuğilgan fuqaroning faoliyati tekşirilgan.

Uning Samsung rusumli telefon apparati közdan keçirilganda, maxsus platforma orqali kripto-aktivlar aylanmasi bilan noqonuniy şuğullanib kelgani aniqlangan. Şuningdek, fuqaro uşbu qurilma yordamida jami 165 mln 322 ming sömlik kripto-aktivlarni ötkaziş va ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşirgani ma’lum bölgan.

Holat yuzasidan fuqaroning harakatlarida Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan – kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş jinoyati alomatlari mavjudligi sababli töplangan hujjatlar tergov bölimiga yuborilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kriptobozor kengayayotgan bir paytda ayrim kompaniyalar faoliyatini töxtatayotgani haqida xabar bergandi va sabablarini örgangandi.

Shuningdek