Ispaniya Fransiyaga qarşi: Millatlar ligasining çorak final juftliklari ma’lum böldi

eʼlon qilindi
Niderlandiya – Portugaliya
Foto: Znews.vn

2026/27-yilgi UEFA Millatlar ligasi çorak final juftliklari aniqlandi. Amaldagi çempion Portugaliya Niderlandiyaga qarşi, Ispaniya esa Fransiyaga qarşi maydonga tuşadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Çorak final juftliklari:

  • Ispaniya – Fransiya;
  • Norvegiya – Angliya;
  • Niderlandiya – Portugaliya;
  • Belgiya – Germaniya.

Bahslar ikki uçraşuvdan iborat böladi. Birinçi öyinlar 2027-yil 25 va 27-mart kunlari, javob uçraşuvlari esa 28 va 30-mart kunlari ötkaziladi. Juftliklarda ikkinçi nomi körsatilgan terma jamoalar javob uçraşuvini öz maydonida ötkazadi.

Çorak final ğoliblari iyun oyida bölib ötadigan Millatlar ligasi final bosqiçiga yöl oladi. Yarim final uçraşuvlari 9 va 10-iyun kunlari, final va uçinçi örin uçun bahs esa 13-iyun kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.

Yarim finalda Niderlandiya yoki Portugaliya — Ispaniya yoki Fransiya juftligi ğolibi bilan, Belgiya yoki Germaniya esa Norvegiya yoki Angliya ğolibi bilan uçraşadi.

Avvalroq portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng xayrlaşuv uçraşuvida maydonga tuşişdan boş tortgandi.

Shuningdek