Tramp, Si va Putin, Özbekistonning BMT reytingidagi ösişi va GTA 6 daromadi — 20-noyabr yangiliklari

20-noyabr kuni dunyo siyosatida Tramp, Si Szinpin va Vladimir Putinning tarixiy uçraşuvi yakunlandi, Özbekiston esa BMT elektron hukumat reytingida 32-öringa kötarildi. Mamlakatda özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat sun’iy intellekt bazasi yaratildi, Toşkent – Parkent elektropoyezdi qatnovi yölga qöyildi. Şuningdek, Samsung Galaxy S26 Ultra yangilanişi, GTA 6’ning taxminiy daromadi, quriliş materiallari eksporti va boşqa muhim yangiliklar kun davomida e’tibor markazida böldi.
Samsung Galaxy S26 Ultra yangilandi: nimalar ma’lum

Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni One UI 9.5 yangilanişi bilan kamerada 24 megapikselli suratga oliş rejimiga bevosita kiriş imkoniyatini oldi. Bu haqda Sammobile naşri xabar berdi.
Avval 24 MP rejimini faollaştiriş uçun foydalanuvçilar Samsungʼning Camera Assistant ilovasini Galaxy Store yoki Good Lock orqali yuklab olişi kerak edi. One UI 9.5’da esa mazkur parametr standart Kamera ilovasining «Foto» rejimiga qöşildi.
Tramp, Si va Putin uçraşuvi yakunlandi: nimalarga kelişildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp, Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şençjenda ötkazilgan tarixiy uç tomonlama sammitni yakunladi. Uçraşuvdan keyin tomonlar tinçlik, yadroviy xavfsizlik va global boşqaruv böyiça qator kelişuvlarni e’lon qildi, biroq Ukraina va Eron uruşlari yakuniy bayonotga kiritilmadi.
Si Szinpin muzokaralarni «ijobiy, konstruktiv va samarali», Putin «oçiq va samimiy», Tramp esa «tarix yaratayotgan» uçraşuv deb baholadi.
GTA 6 ilk kunda 2,36 mlrd dollar daromad keltirgani taxmin qilinmoqda

GTA 6 öyini çiqarilgan ilk kunidayoq tarixdagi eng yirik köngiloçar mahsulot taqdimotlaridan biriga aylangani taxmin qilinmoqda. Sensor Tower hisob-kitoblariga köra, oldindan buyurtmalar va birinçi kun savdolari jami 24,5 mln nusxadan oşgan.
Bu Rockstar Games’ga taxminan $2,36 mlrd daromad keltirgan bölişi mumkin.
Kömir narxlari tekşiriladi: ortiqça ustama qöyilgan-qöyilmagani örganiladi

Raqobat qömitasi aholiga va budjet taşkilotlariga yetkazib berilayotgan kömir narxlarining asosli ekanini tekşiradi. Bu haqda qömita ma’lum qildi.
Örganiş davomida kömir narxi qanday şakllanayotgani, mahsulot birjada qança narxda sotib olinayotgani va iste’molçiga yetkazib berişda qöşimça ustamalar qay darajada qöllanayotgani tahlil qilinadi.
Özbekiston BMT elektron hukumat reytingida 32-öringa kötarildi

Özbekiston BMTning 2026-yilgi Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksida 194 davlat orasida 32-örinni egalladi. Bu haqda BMTning E-Government Survey 2026 hisobotida qayd etilgan.
Mamlakat 2020-yilga nisbatan 55 poğona, 2024-yildagi natijaga nisbatan esa 31 poğona yuqoriladi.
Intellekt narxi: sun’iy intellektning bahosi qança va u Özbekiston moliya sektoriga nima beradi

Yevropa banklaridan birida sun’iy intellekt alohida vazifani insondan 35 baravar arzonroq bajaradi, boşqa bir kompaniyada esa sun’iy intellekt agentlarini joriy etiş menejerlar ştatini taxminan 40 foizga qisqartiriş va şu bilan birga ikki baravar köp arizalarni qayta işlaş imkonini berdi. Biroq texnologiyaga qilingan barça investitsiyalar ham biznes foydasiga ta’sir körsatmaydi. 19-noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan FINNEXT Asia forumi doirasida Kursiv Uzbekistan Bitmanager, Creatio va HUMO vakillari bilan Özbekiston moliya sektoriga sun’iy intellektni joriy etiş qançaga tuşişi, uning samaradorligini qanday ölçaş mumkinligi va qaysi vazifalarni hozirça maşinalarga işonib topşirmaslik mumkinligi haqida suhbatlaşdi.
11-sinf bitiruvçilari bir imtihon bilan maktabni bitirişi va OTMga kirişi mumkin

Özbekistonda maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon oliş tartibini özgartiriş taklif qilinmoqda. Yangi tizimda 4, 7, 9 va 11-sinflar uçun alohida diagnostika va imtihonlar közda tutilgan.
«Dada, iltimos, öldirmang»: AQŞda ota uç farzandi va xotinini öldirdi, söng öz joniga qasd qildi

AQŞning Florida ştatida ota 1, 3 va 5 yoşli uç farzandi hamda xotinini otib öldirgaç, öz joniga qasd qildi. Voqea vaqtida 911 xizmatiga qilingan qönğiroqda kiçik bolaning otasidan «Dada, iltimos, meni öldirmang», deb yolvorgan ovozi eşitilgan.
Sun’iy intellekt uchun 6 mlrd sözlik özbek tili bazasi yaratildi

Özbek tilida işlaydigan sun’iy intellekt modellarini öqitiş va moslaştiriş uçun 6 mlrddan ortiq sözni qamrab olgan oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi. «Uzbek Language Corpus» Hugging Face platformasida erkin foydalaniş uçun joylaştirildi.
Korpusning 1.3-versiyasi 5,64 mln hujjat va 6,06 mlrd sözni öz içiga oladi. Ma’lumotlar 136 ta faylda saqlangan bölib, ularning umumiy hajmi 16,2 GBni taşkil etadi.
Toşkent – Parkent elektropoyezdi işga tuşdi: yöl haqi 10 ming söm

Toşkent va Parkentni boğlovçi yangi elektropoyezd 57,6 kilometr masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi. Yöl haqi 10 ming söm bölib, bu uşbu yönalişdagi taksi xizmatining örtaça narxidan 2,5 barobar arzon.
Eldor Şomurodov uçinçi marta ota böldi

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori va Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi hujumçisi Eldor Şomurodov uçinçi marta ota böldi. Futbolçining oilasida qiz farzand dunyoga keldi. U çaqaloqqa Ifora deb ism qöyilganini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Özbekistonda quriliş materiallari eksporti 3 baravardan köproqqa oşiriladi

Özbekistonda 161 turdagi quriliş materiali böyiça içki talabni qoplaş uçun yetarli işlab çiqariş quvvatlari mavjud. Şunga qaramay, sifat va brend bilan boğliq kamçiliklar sabab bu mahsulotlar importi yiliga $780 mlnni taşkil qilmoqda.