Bibisora Assaubayeva FIDE reytingida beşinçi öringa kötarildi

Qozoğistonlik Bibisora Assaubayeva FIDEning klassik şaxmat böyiça yangilangan jonli reytingida beşinçi öringa kötarildi.
22 yoşli şaxmatçi reytingida 5,4 ball qöşib, yettinçi örindan beşinçi poğonaga kötarildi. Hozir uning reytingi 2537,4 ballni taşkil qilmoqda. Sönggi 12 oyda Assaubayevaning umumiy reyting ösişi 24,4 ballga yetgan.
Qozoğistonlik şaxmatçidan yuqorida xitoylik Xou Yifan (2596,0), Çju Szin’er (2559,0), Szyuy Venzyun (2553,0) hamda rossiyalik Aleksandra Goryaçkina (2540,0) bormoqda.
Assaubayeva yana kuçli beşlikda
Assaubayeva ilk bor 2026-yil iyulida Norway Chess Women turniridagi ğalabasidan söng jahon reytingining kuçli beşligiga kirgan edi. Biroq 1-oktabr kuni Samarqandda ötkazilgan Jahon şaxmat olimpiadasidan keyin u yettinçi öringa tuşib qolgandi.
Şaxmatçi reyting uçun zarur oçkolarni Vengriyaning Budapeşt şahrida ötkazilgan Total Chess Pilot 2026 turniridagi iştiroki orqali qölga kiritdi. Musobaqadagi tezkor klassika partiyalari FIDEning klassik reytingiga hisoblandi.
Asaubayeva turnir davomida dunyoning yetakçi grossmeysterlari, jumladan, norvegiyalik Magnus Karlsen va amerikalik Uesli Soga qarşi ham dona surdi. Yakuniy jadvalda esa 20-örinni egalladi.
Avvalroq özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning Budapeştda ötkazilayotgan Total Chess World Çampionşip Tour Pilot – 2026 turniridagi iştirokiga yuqori baho bergandi.