Ruslan Abdullayev AQŞdagi jangida raqibini nokaut qildi

Özbekistonlik professional boksçi Ruslan Abdullayev AQŞning Kaliforniya ştatidagi Indio şahrida meksikalik Xuan Mesa Anguloni oltinçi raundda texnik nokautga uçratdi. Ön raundga möljallangan jang 6-raundning 2-daqiqasi 40-soniyasida hakam tomonidan töxtatildi. Şu tariqa Abdullayev professional ringdagi oltinçi ğalabasini qölga kiritdi. Bu haqda Fightnews xabar berdi.
Jang davomida özbekistonlik boksçi raqibiga boş va tana qismiga ketma-ket zarbalar yöllab, ustunlikni saqlab turdi. Oltinçi raundda u arqonlar yonida meksikalik sportçining tanasiga kuçli zarba berdi. Şundan söng hakam Ray Korona bahsni töxtatdi.
Abdullayev uşbu ğalaba orqali WBA Continental Gold kamarini ham himoya qildi. Uning professional rekordi hozirda oltita ğalaba va mağlubiyatlardan iborat. Janglarning törttasida raqiblarini nokaut yoki texnik nokaut bilan mağlub etgan.
Ruslan Abdullayev kim
Ruslan Anvar öğli Abdullayev 2002-yil 18-oktabrda Toşkent viloyatining Qibray tumanida tuğilgan. U 2014-yildan turli yoş toifalarida Özbekiston şarafini xalqaro musobaqalarda himoya qilib kelgan, 2021-yildan esa kattalar terma jamoasiga jalb etilgan.
Boksçi havaskorlik faoliyatida bir qator yirik natijalarga erişgan. 2022-yilda Toşkentda ötkazilgan 22 yoşgaça bölgan boksçilar örtasidagi Osiyo çempionatida, şuningdek, Iordaniyada taşkil etilgan kattalar örtasidagi Osiyo çempionatida 63,5 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan.
2023-yilda Toşkent mezbonlik qilgan jahon çempionatida ham şu vazn toifasida çempion bölgan. Uşbu natijalari uçun «Kelajak bunyodkori» medali va «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi ma’lumotlariga köra, Abdullayev 2024-yilgi Parij Olimpiadasi uçun Italiyada ötkazilgan litsenzion turnirda muvaffaqiyatli iştirok etib, yöllanmani qölga kiritgan. Olimpiadada u çorak finalgaça yetib borgan.
Professional boksdagi faoliyati
Abdullayev professional ringdagi debyutini 2025-yil mart oyida AQŞda ötkazgan. Dastlabki jangida meksikalik Xose Valenzuela Alvaradoni ikkinçi raundda nokautga uçratgan.
Şundan keyin u filippinlik Jino Rodriges va amerikalik Kevin Jonsonni hakamlar qarori bilan mağlub etgan. 2026-yil yanvarida urugvaylik Eduardo Abreuni, iyun oyida esa kubalik Orestes Velaskesni texnik nokaut bilan yenggan.
Abdullayev professional faoliyatining dastlabki bosqiçidayoq WBA Continental Gold kamarini qölga kiritgan. Golden Boy Promotions ma’lumotida boksçining havaskorlikdagi natijalari ham qayd etilgan: u 286 ta ğalaba va sakkizta mağlubiyatdan iborat rekordga ega bölgan, 80 dan ortiq janglarda raqiblarini nokaut qilgan.
Navbatdagi jangida meksikalik Xuan Mesa Anguloni mağlub etişi bilan Abdullayev professional boksdagi mağlubiyatsiz seriyasini oltita jangga yetkazdi.
Avvalroq Rossiyaning «Laboratoriya boksa» YouTube-kanali muallifi özbekistonlik boksçi Bahodir Jalolovning professional ringdagi çiqişlarini tanqid qilgandi.