Özbekiston vakili World Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

eʼlon qilindi
Özbekistonlik nomzod saylovda 62 ta ovoz töpladi
Foto: World Boxing

Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi Mirşohid Tillaboyev xalqaro World Boxing taşkiloti vitse-prezidenti lavozimini egalladi. U 20-noyabr kuni Panamaning Panama-Siti şahrida bölib ötgan taşkilot kongressida ötkazilgan saylovda ğalaba qozondi. Bu haqda World Boxing rasmiy sayti xabar berdi.

Özbekistonlik nomzod saylovda 62 ta ovoz töplab, Buyuk Britaniya va Iordaniya vakillaridan ustun kelgan. Bu umumiy ovozlarning 63,92 foizini taşkil qilgan. Ikkinçi vitse-prezident etib Gruziya vakili Mariami Dundua saylangan.

World Boxing rahbariyatida kimlar bor

Saylov natijalariga köra, taşkilot prezidenti lavozimida qozoğistonlik sobiq boksçi Gennadiy Golovkin faoliyatini davom ettiradi. Vitse-prezidentlar qatoriga Mirşohid Tillaboyev va Mariami Dundua kirdi.

Şuningdek, taşkilot ijroiya kengaşiga Braziliya vakili Markos Brito va Xitoy vakili Xan Bo saylandi. Qozoğiston boks federatsiyasi ijroçi direktori Rauan Igenyev esa Sport va musobaqalar qömitasi raisi böldi.

World Boxing kongressi 20-noyabr kuni Panama-Siti şahrida ötkazildi. Taşkilotning rasmiy ma’lumotiga köra, unda yettita rahbarlik lavozimi böyiça saylovlar taşkil etilgan.

World Boxing qanday taşkilot

World Boxing 2023-yil aprel oyida xalqaro havaskor boksni boşqariş va sportning Olimpiya harakatidagi örnini saqlab qoliş maqsadida taşkil etilgan. Xalqaro Olimpiya qömitasi 2025-yil 25-fevralda unga boks böyiça xalqaro federatsiya sifatida vaqtinçalik e’tirof bergan.

Taşkilot Los-Anjelesda 2028-yilda bölib ötadigan yozgi Olimpiya öyinlarida boks musobaqalarini taşkil etiş uçun mas’ul hisoblanadi. Şu sababli uning rahbariyatidagi lavozimlar xalqaro boksning kelgusi rivoji va Olimpiya musobaqalariga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Mirşohid Tillaboyevning vitse-prezident etib saylanişi Özbekiston vakilining xalqaro boks boşqaruvidagi iştirokini kengaytiradi. U endilikda taşkilotning strategik rejalari, musobaqalar va xalqaro boksni rivojlantirişga oid qarorlar qabul qilinadigan rahbariyat tarkibida faoliyat yuritadi.

Avvalroq özbekistonlik boksçilar Isroil Madrimov va Lazizbek Mullajonov Toşkentda taşkil etiladigan professional boks oqşomida ringga kötarilişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek