Özbekiston 9 oyda 40,4 mln dollarlik tarvuz eksport qildi

eʼlon qilindi
Eng yirik xaridor Rossiya
Foto: Crina-Miriam Cretu / Unsplash

Özbekiston 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida 15 ta davlatga 139 ming tonna tarvuz eksport qildi. Yetkazib berilgan mahsulot qiymati $40,4 mlnni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Eksport qiymati 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 23,3 foizga yoki $7,6 mlnga oşgan.

Özbekiston tarvuzni qaysi davlatlarga eksport qildi

Töqqiz oyda tarvuz eksportining asosiy qismi qöşni davlatlar hissasiga töğri keldi. Eng yirik xaridorlar Rossiya, Qozoğiston va Qirğiziston böldi.

Eksport geografiyasi quyidagiça:

  • Rossiya – 68,7 ming tonna;
  • Qozoğiston – 41,9 ming tonna;
  • Qirğiziston – 25 ming tonna;
  • Belarus – 2,1 ming tonna;
  • Tojikiston – 424,1 tonna;
  • Möğuliston – 286,1 tonna;
  • Gruziya – 228 tonna;
  • Litva – 206,1 tonna;
  • Ukraina – 84 tonna;
  • Polşa – 58,7 tonna;
  • boşqa davlatlar – 79,7 tonna.

Rossiya, Qozoğiston va Qirğizistonga jami 135,6 ming tonna tarvuz yetkazib berilgan. Bu umumiy eksport hajmining qariyb 97,6 foiziga teng.

Şunday qilib, Özbekiston tarvuz eksportining asosiy bozori MDH davlatlari bölib qolmoqda.

Avvalroq Xitoydan olib kelinayotgan yuk orasidan hujjatlarda qayd etilmagan 14 turdagi meva topilgandi.

Shuningdek