NASA yangi Roman teleskopining ilk suratlarini 7-dekabr kuni namoyiş etadi

NASA Nancy Grace Roman kosmik teleskopi orqali olingan ilk suratlarni 2026-yil 7-dekabr kuni ommaga taqdim etadi. Koinotning keng panoramali tasvirlarini namoyiş qiliş marosimi AQŞ Şarqiy vaqti bilan soat 15:30 da boşlanadi. Özbekiston vaqti bilan bu 8-dekabr kuni soat 01:30 ga töğri keladi. Bu haqda NASA rasmiy sayti xabar berdi.
Suratlar San-Fransiskoda bölib ötadigan Amerika Geofizika ittifoqining (AGU) yillik yiğilişi doirasida namoyiş etiladi. Taqdimot NASA platformalarida, jumladan, agentlikning rasmiy jonli efir sahifasida translyatsiya qilinadi. Tasvirlar NASA saytida ham bir vaqtning özida e’lon qilinadi.
Roman teleskopi qanday imkoniyatlarga ega
Nancy Grace Roman teleskopi koinotni keng maydonda kuzatiş va infraqizil tasvirlarni oliş uçun işlab çiqilgan. Uning asosiy vazifalaridan biri qoronği materiya va qoronği energiya sirlarini örganiş, şuningdek, Quyoş tizimidan taşqaridagi sayyoralarni aniqlaşdan iborat.
Teleskop 300 megapikselli Wide Field Instrument kamerasiga ega. Unda 18 ta detektor mavjud bölib, ular koinotning katta hududlarini yuqori aniqlikda suratga oliş imkonini beradi. NASA ma’lumotiga köra, Roman teleskopi osmonni Hubble teleskopiga nisbatan qariyb 1 000 baravar tezroq kuzatişga möljallangan.
Agentlik yangi observatoriya yordamida milliardlab galaktikalarni örganiş, ön minglab yangi ekzosayyoralarni aniqlaş va koinotning keng kölamli xaritasini yaratişni rejalaştirmoqda.
Teleskop qaçon uçirilgan
Roman teleskopi 2026-yil 30-avgust kuni Florida ştatidagi Kennedi kosmik markazidan SpaceX kompaniyasining Falcon Heavy raketasi yordamida uçirilgan. U Yer va Quyoş orasidagi L2 Lagranj nuqtasiga – Yerdan qariyb 1,5 mln kilometr uzoqlikdagi orbitaga yöl olgan.
Uçirilganidan keyin teleskopning ilmiy asboblari işga tuşirilib, kalibrlaş va sinov jarayonlari ötkazilgan. NASA 7-dekabrdagi taqdimotda aynan şu teleskop tomonidan olingan ilk tasvirlarni namoyiş etadi.
Roman teleskopi NASAning qoronği materiya, qoronği energiya va boşqa yulduz tizimlaridagi sayyoralarni örganişga qaratilgan yirik ilmiy missiyalaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq Insoniyat 1959-yildan beri Oyga amalga oşirgan 140 dan ortiq kosmik missiyalari davomida uning yuzasida qariyb 187 ming kilogramm, ya’ni 187 tonna material qoldirgani ma’lum bölgandi.