Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdurazzoq Obröy 70 yoşida vafot etdi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, taniqli hajvçi şoir va yozuvçi Abdurazzoq Obröy (Obröyev) 70 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.
Abdurazzoq Obröy 1956-yil 20-avgustda Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanidagi Jağaboyli qişloğida tuğilgan. 1985-yilda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Jurnalistika va ijod yöli
Mehnat faoliyati davomida Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA), «Muştum» jurnali hamda «Vatanparvar» gazetasida mas’ul lavozimlarda işlagan.
Adib zamonaviy özbek adabiyotida hajviy hikoyalar, şe’rlar va adabiy parodiyalar ustasi sifatida tanilgan.
Ijodkorning «Höplam-töplam», «Böydoq askar», «Hiring-hiring», «Tuxumning qudrati», «Ayolning quloği», «Ruxsat bering, şe’r öqiyman», «Uç nuqta…», «Sev, avayla, asra Özbekistonni!» va «Men öşa ör, men öşa zörman» kabi kitoblari çop etilgan.
Uning «Xotirani pişitiş», «Bir kallaning ming taşvişi», «Kallangga qoyil, xotin» kabi hajviy asarlari hamda özbek şoirlari ijodiga bağişlangan parodiyalari kitobxonlar orasida maşhur bölgan.
Abdurazzoq Obröy 2005-yilda «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Avvalroq Navoiy viloyatining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi Bahriddin Röziyev 11-noyabr kuni 76 yoşida vafot etgandi.