OTP Group Ipoteka-bankdagi davlat uluşining qolgan 17,5 foizini sotib oladi

OTP Bank va Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ipoteka-bankning davlatga tegişli qolgan qariyb 17,5 foiz aksiyalarini sotib oliş böyiça qöşimça bitim imzoladi. Bu haqda OTP Group Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Kelişuv 2022-yilda Özbekiston bank sektorini xususiylaştiriş dasturi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oşirişning navbatdagi bosqiçi hisoblanadi.
Moliyaviy hisob-kitoblar yakunlanib, aksiyalarga bölgan huquqlar ötkazilgaç, OTP Group’ning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi uluşi 90,4 foizga yetadi. Aksiyalarni sotib oliş barça zarur şartlar bajarilişi va hisob-kitoblar yakunlanişidan keyin amalga oşiriladi.
OTP Group Özbekistondagi iştirokini kengaytiradi
OTP Bank boş direktorining örinbosari Laszlo Volfning ta’kidlaşiça, qöşimça bitim guruhning Özbekiston bank bozoridagi uzoq muddatli iştirokini mustahkamlaydi. Uning sözlariga köra, OTP Group xalqaro tajribasi va Ipoteka bank jamoasining mahalliy bozordagi tajribasini birlaştirib, mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarni rivojlantirişni davom ettiradi.
Ipoteka-bank 2023-yil iyun oyida OTP Group tarkibiga qöşilgan. Şundan buyon bank operatsion samaradorlikni oşiriş, risklarni boşqariş va mijozlarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga qaratilgan transformatsiya dasturini amalga oşirmoqda.
Bankning muammoli kreditlari uluşi kamaygan
Bank ma’lumotlariga köra, uşbu davrda ma’muriy iş yuki qariyb 20 foizga qisqargan. Muammoli kreditlar uluşi bir yil içida 10,2 foizdan 2,6 foizgaça kamaygan. Mijozlar sadoqati indeksi (NPS) esa 58 foizdan 74 foizga kötarilgan.
Bitim bank mijozlari bilan tuzilgan amaldagi şartnomalar şartlariga ta’sir qilmaydi. Bank jismoniy va korporativ mijozlarga odatdagi tartibda xizmat körsatişda davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ipoteka-bankning 2026-yil yanvar – sentabr oylaridagi moliyaviy natijalarini tahlil qilgan edi. Uşbu davrda bankning sof foydasi 56 foizga oşib, 1,8 trln sömga yetgan, jami aktivlari esa 16 foizga köpayib, 57,9 trln sömni taşkil etgan.