Özbekiston Qozoğistondan mol göştini 45 foiz qimmatga olmoqda

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekiston Qozoğistondan $170,4 mlnlik mol göşti import qildi. Bir yil içida mahsulotning örtaça import narxi qariyb 45 foizga oşib, bir kilogrammi $5,37 ga yetdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan Qozoğiston bojxona statistikasiga tayanib xabar berdi.
Joriy yilning töqqiz oyida Qozoğistondan Özbekistonga 31,7 ming tonna yangi va sovutilgan mol göşti yetkazib berildi. Ularning umumiy qiymati $170,4 mlnni taşkil etdi.
2025-yilning mos davrida esa Özbekiston Qozoğistondan 26,1 ming tonna mol göştini $96,8 mlnga xarid qilgan edi.
Şu tariqa bir yil içida import hajmi 21,7 foizga, uning umumiy qiymati esa qariyb 1,8 baravarga oşgan.
Bunda bir kilogramm mol göştining örtaça import qiymati $3,71 dan $5,37 ga kötarilgan. Ya’ni mahsulotning har kilogrammi ötgan yilga nisbatan $1,66 ga qimmatlaşgan.
Qozoğiston mol göştining 90 foizi Özbekistonga sotilgan
Özbekiston Qozoğiston mol göştining eng yirik xaridori bölib qolmoqda. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Qozoğiston jami 35,1 ming tonna yangi va sovutilgan mol göştini $190,5 mlnga eksport qilgan. Şundan qariyb 90 foizi Özbekiston hissasiga töğri kelgan.
Qozoğistonning boşqa yirik xaridorlari orasida Tojikiston va Birlaşgan Arab Amirliklari ham bor. Xususan, Tojikiston 3,3 ming tonna mol göştini $19,4 mlnga, BAA esa 42,9 tonnasini $710,6 mingga import qilgan.
Bundan taşqari, Qozoğiston Özbekistonga 207,6 tonna muzlatilgan mol göştini $1,6 mlnga eksport qilgan.
Özbekiston qöy göşti importini ham oşirdi
Özbekiston Qozoğiston qöy va eçki göştining ham asosiy xaridori hisoblanadi. 2026-yilning töqqiz oyida mamlakat Qozoğistondan 24 ming tonna yangi va sovutilgan qöy hamda eçki göştini $67,1 mlnga import qilgan.
Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 19,6 ming tonna va $36,9 mlnni taşkil etgan edi. Şu tariqa mazkur mahsulotlar importi hajm jihatidan qariyb 22 foizga, qiymat jihatidan esa 82 foizga oşgan.
Qozoğiston göşt işlab çiqarişni köpaytirmoqçi
Qozoğiston qişloq xöjaligi vaziri Aydarbek Saparov mamlakatda çorvaçilikni rivojlantiriş böyiça 2026–2030-yillarga möljallangan kompleks reja işlab çiqilganini ma’lum qildi.
«Rejada barça turdagi göşt işlab çiqariş hajmini 1,2 mln tonnadan 1,8 mln tonnaga, qişloq xöjaligi korxonalarida sut işlab çiqarişni esa 1,4 mln tonnadan 2,1 mln tonnaga yetkaziş nazarda tutilgan», — dedi vazir.
Uning sözlariga köra, qoramollarning kunlik vazn qöşişini hozirgi 600–800 grammdan 1,5–1,8 kilogrammga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Qozoğiston hukumati göşt işlab çiqariş hajmini oşiriş orqali içki bozorni ta’minlaş bilan birga eksport imkoniyatlarini ham kengaytirişni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda iste’molga yaroqsiz 425 kg göşt aniqlangandi. Dastlabki örganişlarga köra, xonadonda topilgan göşt iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Laboratoriyada qöşimça ekspertiza ötkaziş uçun mahsulotlar belgilangan tartibda hujjatlaştirilib, iste’molga yaroqlilik darajasini aniqlaş uçun Qaşqadaryo viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boşqarmasi laboratoriyasiga yuborilgan.