Energetika bozorini rivojlantiriş agentligiga yangi rahbar tayinlandi

eʼlon qilindi
Bundan avval Umid Mamadaminov Energetika vazirining birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan
Foto: minenergy.uz

Umid Mamadaminov Özbekiston Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Şu munosabat bilan u Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Agentlik energetika bozorini tartibga soladi

Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi energetika bozorida davlat siyosatini amalga oşiruvçi mustaqil respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga böysunadi.

Uning asosiy vazifalari qatoriga elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va çakana bozorlarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş, bozor iştirokçilari uçun teng şartlar va şaffoflikni ta’minlaş, litsenziyalaş hamda bozorni nazorat qiliş kiradi.

Şuningdek, agentlik 2026-yildan elektr energiyasini uzatiş va taqsimlaş uçun tegişli tariflar hamda tölovlar miqdorini tasdiqlaş vakolatiga ega.

Mamadaminov vazirlikda birinçi örinbosar edi

Mamadaminov bungaça energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Agentlik direktori uning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, prezident va hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilişini taşkil etadi hamda agentlik vakolatiga kiruvçi masalalar böyiça qarorlar qabul qiladi.

Avvalroq Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligiga rahbarlik qilgan Şerzod Xodjayev energetika vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek