«Ğiştköprik» çegara posti 25-noyabr kuni qayta oçiladi

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi «Ğiştköprik» çegara bojxona posti 25-noyabr kuni qayta iş boşlaydi. Fuqarolarni çegaradan ötkaziş soat 16:00 dan boşlanadi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
«Ğiştköprik» çegara bojxona posti 2025-yil fevral oyida ta’mirlaş işlari sababli vaqtinça yopilgan edi.
Ta’mirlaş işlaridan söng post 25-noyabr kuni soat 16:00 dan fuqarolarga xizmat körsatişni qayta boşlaydi. Mazkur post Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi çegaradan ötiş punktlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq tarmoqlarda Özbekiston – Qozoğiston çegarasida yuk maşinalari uzun navbatda turgani aks etgan video tarqalgandi. Bojxona qömitasi raisi maslahatçisi Husan Tangriyev mazkur tasvir bir neça kun oldin Qozoğistonda olinganini va hozir çegara punktlari odatiy rejimda işlayotganini ma’lum qildi.