
Amaldagi jahon şaxmat çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga qarşi jahon çempionligi bahsi oldidan matbuot anjumanida qatnaşdi. U Jenevaga çempionlik unvonini himoya qiliş uçun emas, balki uni qaytadan qölga kiritiş maqsadida kelganini ta’kidladi.
Gukeş jahon tojini Hindistonga olib qaytmoqçi
Matbuot anjumanida jurnalistlardan biri hindistonlik şaxmatçidan jahon çempionligi unvonini himoya qiliş uni qölga kiritişdan qiyinroqmi, deb söradi. Gukeş savolga qisqa va qat’iy javob berdi.
«Men bu yerga biror narsani himoya qiliş uçun kelganim yöq. Men unvonni qaytadan qölga kiritiş uçun şu yerdaman», — dedi u.
Şuningdek, hindistonlik grossmeyster jahon çempionligi tojini öz mamlakatiga olib qaytiş istagida ekanini bildirdi.
Sindarov va Gukeş bahsi boşlanmoqda
Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi bahsi Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkaziladi.
Birinçi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan. Şaxmatçilar jahon çempionligi uçun 14 ta klassik partiyada özaro kuç sinaşadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sindarov birinçi partiyani oq donalarda, Gukeş esa qora donalarda ötkazişi ma’lum bölgan edi.