Soliq qömitasi nomidan 50 ga yaqin soxta kanal va bot aniqlandi

eʼlon qilindi
Firibgarlar Soliq qömitasi nomidan turli xabarlar yuborib, xavfli ilovalarni örnatişga çaqirmoqda
Foto: Soliq qömitasi

Özbekistonda Soliq qömitasi nomidan faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin soxta Telegram kanali, guruhi va botlari aniqlandi. Firibgarlar ular orqali keşbek çeklarini sotiş, pul işlaşni va’da qiliş va zararli ilovalarni tarqatiş bilan şuğullanmoqda. Bu haqda Soliq qömitasi ogohlantirdi.

Soliq qömitasining kiberxavfsizlik xizmati ötkazgan monitoring davomida firibgarlar tomonidan boşqarilayotgan oçiq va yopiq Telegram kanallari, guruhlari hamda botlari aniqlangan.

Ular foydalanuvçilarga keşbek çeklarini sotişni taklif qilmoqda, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişga undamoqda va «keşbek orqali pul işlab oling» mazmunidagi aksiyalarni tarqatmoqda.

Şuningdek, firibgarlar Soliq qömitasi nomidan turli xabarlar yuborib, xavfli ilovalarni örnatişga çaqirmoqda.

Soliq qömitasi fuqarolarni ogohlantirdi

Qömita fuqarolardan norasmiy Telegram kanallari va botlariga işonmaslik, ularga obuna bölmaslik hamda bunday manbalarni boşqalarga tarqatmaslikni söradi.

Ayniqsa, şubhali kanallardagi havolalarni oçmaslik va ular orqali tarqatilayotgan ilovalarni telefon yoki boşqa qurilmalarga örnatmaslik tavsiya etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Soliq qömitasi Telegram’ning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan.

Şubhali kanal, guruh yoki botlarga duç kelgan fuqarolar bu haqda Telegram’dagi @soliquz_report_bot orqali xabar berişlari mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq soliq böyiça takliflar uçun maxsus bot işga tuşirilgandi. «Soliq böyiça takliflar» nomli @soliqtaklif_bot orqali soliq majburiyatlarini bajarişda yuzaga kelayotgan muammolar, xizmatlarni yaxşilaş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça takliflar yuboriş mumkin.

Shuningdek