Özbekistonda bolalar kino maktabi taşkil etiladi

Toşkent şahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va maxsus platforma taşkil etiladi. Uşbu tashabbus kino sohasiga yoş iste’dodlarni jalb qiliş va ularning ijodiy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan. Bu haqda «Kinematografiya sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qiliş va «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida közda tutilgan.
«Özbekfilm» yagona milliy kino brendiga aylantiriladi
Mazkur farmon bilan «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş va ommalaştiriş, kino loyihalarini moliyalaştiriş hamda mualliflik huquqlarini ta’minlaş yangi tizimning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi. Madaniyat vazirligi muassisligida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.
Prezident joriy yil 26-oktabrdagi uçraşuvda ham «Özbekfilm» nomini milliy kinoning yagona brendi sifatida mustahkamlaşni taklif qilgan edi. Öşanda Kinematografiya agentligini tugatiş, uning vakolatlarini Madaniyat vazirligiga ötkaziş va kino işlab çiqarişni xususiy sektorga beriş rejalari ham e’lon qilingan.
«Qoraqalpoqfilm» va kinoijodkorlar taşkilotlari ham özgaradi
«Qoraqalpoqfilm» davlat muassasasi negizida Milliy kinokompaniya va Qoraqalpoğiston Madaniyat vazirligi muassisligida «Qoraqalpoqfilm» mas’uliyati çeklangan jamiyat taşkil etiladi. Fanlar akademiyasi San’atşunoslik instituti va kinoijodkorlar iştirokida Kinoşunoslar klubi tuziladi.
Şuningdek, Özbekiston kino arboblari ijodiy uyuşmasi hamda Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasini birlaştiriş orqali Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etilişi közda tutilgan. Toşkentda esa bolalar kinoijodkorligi maktabi va maxsus platforma yaratiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Özbekfilm» xususiy kinostudiyalar bilan işlaydigan milliy kinokompaniyaga aylantirilişi haqida xabar bergan edi.