Özbekistonda «Özbekfilm» onlayn platformasi işga tuşiriladi

2028-yil 1-yanvarga qadar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimi hamda «Özbekfilm» milliy onlayn kinoplatformasi işlab çiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Prezident farmoniga köra, Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Kino san’ati departamenti taşkil etiladi.
Alohida filmlarga «Umummilliy kinoloyiha» maqomi beriladi
Milliy yuksaliş ğoyasiga xizmat qiluvçi, Özbekistonning boy tarixi va zamonaviy yutuqlarini dunyo ekranlariga olib çiqişga qaratilgan alohida ahamiyatga ega filmlarga «Umummilliy kinoloyiha» maqomi beriladi.
Bunday maqom Milliy kinokompaniya taklifi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
2028-yil 1-yanvarga qadar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimi ham yaratiladi.
2028-yil 1-yanvardan davlat mablağlari hisobidan yaratilgan barça filmlar hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan kino merosi obyektlari kinoplatforma bazasiga raqamli formatda majburiy va bepul taqdim etib boriladi.
Xususiy filmlar şartnoma asosida joylaştiriladi
Xususiy kinostudiyalar hamda mualliflarga tegişli filmlar «Özbekfilm» platformasiga avtomatik tarzda emas, balki şartnoma asosida joylaştiriladi.
Şu tariqa platformada davlat mablağlari hisobidan yaratilgan filmlar bilan bir qatorda xususiy kino mahsulotlarini ham joylaştiriş imkoniyati yaratiladi.
Barça kinoteatrlar yagona tizimga ulanadi
2028-yil 1-yanvardan mamlakatdagi barça kinoteatrlar va kino namoyişi bilan şuğullanuvçi taşkilotlar Kinoçiptalarning yagona axborot tizimiga majburiy ravişda integratsiya qilinadi.
Natijada har bir kino seansi, sotilgan çiptalar soni va tuşumlar haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida avtomatik ravişda yagona tizimga uzatib boriladi.
Yangi tartib kino bozoridagi savdolar va tomşa körsatkiçlarini markazlaşgan tarzda hisobga oliş, kino merosini raqamlaştiriş hamda mahalliy filmlarni onlayn tarqatiş tizimini yaratişni nazarda tutadi.
Matyoqub Matçonov «Farz» filmi uçun xalqaro mukofot olgani haqida yozgan edi.