Özbekistonda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari bir yilda 11 foizga ösdi

eʼlon qilindi
Toşkent şahri bu borada birinchi, Samarqand viloyati ikkinci örinlarda qayd etilgan
Foto: Statistika qömitasi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 179,7 trln sömni taşkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 11,3 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Rasmiy statistikaga köra, mazkur xizmatlarning asosiy qismini ovqat va içimliklar bilan ta’minlaş xizmatlari taşkil etgan — ularning uluşi 96 foizga yetgan.

Toşkent şahri yetakçi

Hududlar orasida eng katta hajm Toşkent şahriga töğri kelgan — 32,6 trln söm.

Keyingi örinlarda Samarqand viloyati 21,6 trln söm, Namangan viloyati 17,8 trln söm va Farğona viloyati 17,6 trln söm bilan qayd etilgan.

Qaşqadaryoda 15,4 trln sömlik, Toşkent viloyatida 13,3 trln sömlik, Andijonda esa 11,6 trln sömlik yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari körsatilgan. Eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 3,4 trln söm.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilning yanvar–avgust oylarida mamlakatda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 173,2 trln sömga yetgani haqida xabar bergan edi. Öşa vaqtda sohadagi ösiş 14,4 foizni taşkil etgan.

Shuningdek