Özbekistonda 60 yoşdan oşgan mingdan ortiq erkak turmuş qurdi

eʼlon qilindi
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida FHDYO organlarida nikoh qurgan 61–69 yoşdagi kuyovlar 813 nafarni, 70 yoş va undan kattalar 218 nafarni taşkil etgan
Foto: depositphotos.com

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 60 yoşdan oşgan 1 031 nafar erkak nikohdan ötdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Eng köp kuyovlar 20–30 yoş oraliğida

Yilning dastlabki töqqiz oyida FHDYO organlarida jami 172 mingta nikoh qayd etilgan. Nikoh qurgan erkaklarning katta qismini 20–30 yoşdagilar taşkil qilgan — 141 620 nafar. Yana 19 005 nafar kuyov 31–40 yoşda, 4 967 nafari 41–50 yoşda, 2 310 nafari esa 51–60 yoşda bölgan.

20 yoşga yetmagan erkaklar orasida ham 3 093 ta nikoh qayd etilgan.

70 yoşdan oşganlar orasida ham nikohlar bor

Statistikaga köra, 61–69 yoşdagi 813 nafar erkak turmuş qurgan. 70 yoş va undan kattalar orasida esa 218 ta nikoh qayd etilgan. Şu tariqa, 60 yoşdan oşgan erkaklar orasida nikoh qurganlar soni jami 1 031 nafarga yetgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda mamlakatda 11 mingdan ortiq erkak özidan katta ayolga uylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek