«Turonbank» rahbari qölga olingani haqidagi xabarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, joriy yil 21-noyabr kuni «Turonbank» boshqaruvi raisi Çori Mirzayev Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan yirik miqdordagi pul mablağlarini özlaştirişda gumon qilinib qölga olingan. Mazkur xabarga «Turonbank» matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Bank odatdagi tartibda işlamoqda
Bank matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, taşkilot odatdagi tartibda faoliyatini davom ettirmoqda. Bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar mijozlarga xizmat ko‘rsatişda davom etmoqda.
«Bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi avvalgi majburiyatlari öz kuçida qoladi», — deyiladi xabarda.
Bank faoliyati korporativ boşqaruv va içki nazoratga oid qonunçilik talablari asosida yölga qöyilgani ham qayd etilgan. «Turonbank» mijozlar bilan oçiq muloqotni davom ettirişga va kelib tuşayotgan murojaatlarni körib çiqişga tayyorligini bildirgan. Bank xizmatlariga oid savollar 1220 raqamli koll-markaz hamda boşqa rasmiy aloqa kanallari orqali qabul qilinadi.
Çori Mirzayev bankka 2016-yildan beri rahbarlik qilgan
«Turonbank» saytida keltirilgan ma’lumotlarga köra, Çori Sadibaqosoviç Mirzayev 1971-yilda tuğilgan. U 1995-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2000-yilda esa Yaponiyaning Saitama universitetini tamomlagan. Mirzayev bank sohasida 1995-yildan beri işlab keladi. «Turonbank» Boşqaruvi raisi sifatida 2016-yil sentabrdan buyon faoliyat yuritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Turonbank» boshqaruvi raisi Çori Mirzayev yirik miqdordagi mablağlarni özlaştirişda gumon qilinib qölga olingani haqida xabar bergan edi.