Sun’iy intellektga hozirgidan 1000 barobar köp elektr kerak: bundan kim foyda köradi

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanişi elektr energiyasiga bölgan talabni keskin oşirmoqda. Nvidia kompaniyasining sobiq boş direktori Jensen Huang hisob-kitoblariga köra, SI uçun hozirgidan 1000 barobar köp elektr energiyasi talab qilinişi mumkin. Bu esa investorlarning atom energetikasi kompaniyalariga bölgan qiziqişini kuçaytirmoqda.
Motley Fool tahlilçisi Rayan Vanzo bu ösişdan foyda körişi mumkin bölgan ikkita kompaniyani – Oklo va NuScale Power’ni ajratib körsatdi.
Sun’iy intellekt uçun qança elektr kerak
Goldman Sachs Research prognoziga köra, 2026-yilda dunyo böyiça sun’iy intellektga yönaltirilgan investitsiyalar $1 trlnga yetadi. Bu ilgari keng qöllanilgan $800 mlrdlik bahodan 25% yuqori.
Bunga sabab avvalgi hisob-kitoblarda asosan AQŞning yirik texnologik kompaniyalari xarajatlari inobatga olingani, xususiy va xorijiy kompaniyalarning investitsiyalari esa töliq aks etmagani.
McKinsey & Co. baholaşiça, 2030-yilga borib dunyoda ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini qurişga $7 trln sarflanişi mumkin.
Biroq bu markazlarni elektr bilan ta’minlaş asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. Mavjud energetika infratuzilmasi kelajakdagi talabni qondirişda qiynalişi mumkin.
Şu sababli investorlar kiçik modulli atom reaktorlarini işlab çiquvçi kompaniyalarga e’tibor qaratmoqda. Bunday reaktorlar an’anaviy yirik atom elektr stansiyalariga qaraganda kamroq quvvat işlab çiqaradi, biroq ularni ehtiyojga qarab bosqiçma-bosqiç joylaştiriş mumkin.
Oklo: Meta uçun atom elektr stansiyasi qurmoqçi
Amerikaning Oklo kompaniyasi kiçik modulli atom reaktorlarini işlab çiqmoqda. Uning dastlabki investorlaridan biri OpenAI rahbari Sem Altman bölgan. Kompaniya ma’lumotlariga köra, hozirda AQŞning beşta ştatida töqqizta faol loyiha mavjud. Oklo özining birinçi tijorat atom elektr stansiyasi — Aurora’ni 2028 – 2029-yillarda işga tuşirişni rejalaştirgan.
Bundan taşqari, kompaniya Facebook va Instagram egasi Meta uçun Ogayo ştatida yirik atom energetikasi majmuasini qurmoqçi. Loyihaning dastlabki bosqiçini 2030-yilda işga tuşiriş közda tutilgan.
Noyabr oyida Oklo AQŞ Energetika vazirligidan Groves-1 sinov reaktorini işlatiş uçun yakuniy ruxsat olganini e’lon qildi.
Bu reaktor orqali mutaxassislar tayyorlanadi, texnologiyalar sinovdan ötkaziladi va kelajakdagi yirik loyihalar uçun zarur ma’lumotlar töplanadi.
Tahlilçilarning fikriça, mazkur natija kompaniyaning tijorat reaktorlarini qurişdagi texnik va tartibga soliş bilan boğliq xavflarini kamaytirişi mumkin.
Biroq Oklo hali köp sonli majburiy tijorat şartnomalariga ega emas. Kompaniya yirik loyihalarini moliyalaştiriş uçun yangi aksiyalar çiqarişi mumkin. Bu esa mavjud aksiyadorlarning uluşi kamayişiga olib kelişi ehtimoli bor.
Uoll-strit tahlilçilarining 12 nafari Oklo aksiyalarini sotib olişni, sakkiz nafari saqlab turişni, bir nafari esa sotişni tavsiya qilmoqda.
Aksiyalarning örtaça maqsadli narxi $48. Bu 20-noyabrdagi savdolar yakuniga nisbatan taxminan 140 foizlik ösiş imkoniyatini anglatadi. Biroq bu tahlilçilar prognozi bölib, narxning oşişi kafolatlanmagan.
NuScale Power: texnologiya tayyor, ammo şartnomalar yetişmayapti
NuScale Power ham kiçik modulli atom reaktorlarini işlab çiquvçi AQŞ kompaniyasi. Motley Fool ma’lumotiga köra, kompaniya AQŞ Yadro tartibga soliş komissiyasidan (NRC) reaktor loyihasi böyiça ruxsat olgan. Reaktorning ayrim qismlari tijorat miqyosida işlab çiqarilmoqda.
Biroq kompaniyaning asosiy muammosi — tölaqonli atom elektr stansiyasidan elektr sotib oliş böyiça hozirça majburiy tijorat şartnomasi yöqligi.
2025-yil sentabrida NuScale, ENTRA1 Energy va Tennessee Valley Authority (TVA) kiçik modulli reaktorlarni quriş böyiça yirik loyiha haqida e’lon qilgan. Ammo bu kelişuv hozirça yakuniy tijorat şartnomasiga aylanmagan. Kompaniyaning moliyaviy natijalari ham investorlarni xavotirga solmoqda.
2026-yilning uçinçi çoragida NuScale daromadi ötgan yilning mos davriga nisbatan 96 foizdan köp kamayib, atigi $281 mingni taşkil etgan. Bu natijalar e’lon qilinganidan söng kompaniya aksiyalari arzonlaşgan.
Şuningdek, NuScale Ruminiyaning RoPower kompaniyasi bilan 2033-yilda pilot atom elektr stansiyasini işga tuşirişni rejalaştirgan. Biroq loyiha atrofidagi kelişmovçiliklar şartnoma amalga oşişiga xavf tuğdirmoqda.
Wedbush investitsiya kompaniyasi şu sabablar tufayli NuScale aksiyalarini sotişni tavsiya qilmoqda.
Biroq Craig-Hallum tahlilçilari boşqaça fikrda. Ularning ta’kidlaşiça, kompaniya atom reaktorlari uçun qimmatbaho qismlarni xarid qilişni boşlagan va Janubiy Koreyaning Doosan Enerbility kompaniyasi bilan işlab çiqariş kelişuvini kengaytirgan. Bu kompaniya kelajakda yirik buyurtmalar olişiga işonayotganini körsatişi mumkin.
NuScale’ning ma’lum qilişiça, 30-sentabr holatiga uning moliyaviy zaxirasi qariyb $1,9 mlrdni taşkil etgan. Uoll-stritdagi olti nafar tahlilçi NuScale aksiyalarini sotib olişni, yana oltitasi saqlab turişni, beş nafari esa sotişni tavsiya qilmoqda.
Aksiyalarning örtaça maqsadli narxi $7,6 bölib, bu 20-noyabrdagi yopiliş narxiga nisbatan taxminan 127 foizlik ösiş ehtimolini bildiradi.
Atom energetikasiga investitsiya qiliş xavflimi
Sun’iy intellektning jadal rivojlanişi atom energetikasiga talabni oşirişi mumkin. Biroq bu atom energetikasi kompaniyalarining aksiyalari albatta qimmatlaşadi degani emas.
Bank of America tahlilçilariga köra, kiçik modulli atom reaktorlarining keng miqyosda qöllanilişi 2030-yillardan oldin boşlanmasligi mumkin.
Hozirça Oklo ham, NuScale Power ham zarar bilan işlamoqda. Ularning texnologiyalarini töliq tijoratlaştiriş uçun yana bir neça yil talab etilişi mumkin.
Bundan taşqari, sun’iy intellekt kompaniyalari elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini quyoş, şamol yoki tabiiy gaz kabi nisbatan arzonroq va kamroq xavfli manbalar hisobidan qondirişni tanlaşi mumkin.
Şu sababli mazkur kompaniyalarga investitsiya kiritişda kelajakdagi talab bilan birga ularning moliyaviy holati, amaldagi şartnomalari va texnologik xavflarini ham hisobga oliş muhim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellektning bahosi qança va u Özbekiston moliya sektoriga nima berişi haqida yozgan edi.