
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon toji uçun bahs 24-noyabr kuni boşlanadi.
Birinçi partiya Jeneva vaqti bilan soat 15:00 da, Toşkent vaqti bilan esa 19:00 da start oladi. Sindarov dastlabki partiyada oq donalarda öynaydi.
Jonli efir
Özbekistondagi şaxmat muxlislari bahslarni UzÇess YouTube kanalida özbek tilidagi şarh bilan jonli kuzatişi mumkin.
Yurtimizning barça hududlaridagi şaxmat muxlislari öyinlarni özbek tilida jonli efirda tomoşa qiliş hamda Javohir Sindarovni birgalikda qöllab-quvvatlaş uçun UzÇess kanalidagi maxsus strimlarga taklif etilgan.
Jonli efir: UzÇess YouTube — maxsus strimlar
Xalqaro translatsiyalar ham mavjud
Bahsni xalqaro platformalarda ham kuzatiş mumkin.
Çess.com turnirni Çess.com/TV, şuningdek, kompaniyaning YouTube va Twitç kanallarida jonli namoyiş qiladi. Ingliz tilidagi efirda grossmeysterlar Judit Polgar va David Howell şarhlovçi böladi.
Jahon çempionatining rasmiy sayti ham partiyalar natijalari va turnir haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Jahon toji uçun 14 partiya
Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi uçun kuraş 14 ta klassik partiyadan iborat böladi.
Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan şaxmatçi jahon çempioni böladi. Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, ğolib tay-brek orqali aniqlanadi.
Jahon çempionati Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Cologny hududida joylaşgan Fondation Martin Bodmer majmuasida ötkaziladi. Turnir 12-dekabrgaça davom etişi rejalaştirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sindarov jahon çempionati birinçi partiyasini oq donalarda boşlaşi haqida yozgan edi.