Çilonzorda 156 mln sömlik kumuşni noqonuniy sotayotgan şaxs uşlandi

eʼlon qilindi
7,6 kilogramm kumuş musodara qilindi
Çilonzorda 156 mln sömlik kumuşni noqonuniy sotayotgan şaxs uşlandi
Foto: DXX

Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 7 kilogrammdan ortiq sof kumuşni noqonuniy sotayotgan şaxs qölga olindi. U qimmatbaho metallni 156 mln sömga pullamoqçi bölgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXX va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyatining Böka tumanida yaşovçi, 1973-yilda tuğilgan fuqaro uşlangan.

Ma’lum qilinişiça, u oğirligi 7 kilogramm 685 gramm bölgan sof kumuşni 156 mln sömga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Tekşiruv davomida fuqaroning qimmatbaho metallar savdosi bilan şuğullaniş uçun tegişli litsenziyasi yöqligi aniqlangan.

Jinoyat işi qözğatildi

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX qimmatbaho metallar savdosida qonunçilik talablariga rioya etilişini nazorat qiliş va noqonuniy savdoning oldini oliş böyiça tadbirlar davom ettirilayotganini bildirdi.

Şuningdek, fuqarolarga kumuş yoki boşqa qimmatbaho metallarni sotib olişda ularning kelib çiqişi va sofligini tasdiqlovçi hujjatlarni tekşiriş tavsiya etildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan aeroportida mayiz va yonğoq orasidan 109 mln sömlik oltin topilgandi.

Shuningdek