Özbekiston avtomobil bozorida nima bölyapti — tahlil

24-noyabr 2026 11:31 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Yangiliklar muharriri a.ten@kursiv.media
Özbekiston avtomobil bozorida nima bölyapti — tahlil
Foto: Chevrolet

2026-yilning ön oyida Özbekistonda 318,9 mingta yangi avtomobil sotildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 6,5 foizga kam. Biroq savdolarning qisqarişi, avvalo, talab tarkibining özgarişi va ikkilamçi bozorda narxlarning pasayişi bilan boğliq. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi (ABA) ma’lum qildi.

Vaziyatga biznes uçun yengil avtomobillar savdosining qisqarişi ham ta’sir körsatgan. Assotsiatsiyada ta’kidlanişiça, avtomobil bozorida aholining xarid qobiliyati pasaygani kuzatilmayapti.

«Xaridorlar budjet sedanlardan qimmatroq krossoverlarga ötmoqda. Aynan budjet sedanlar bozordagi asosiy hajmni dona hisobida ta’minlab kelgan. Şu sabab xaridorlar didining özgarişi fonida umumiy bozor dona hisobida qisqarmoqda», — deya qayd etdi ABA.

Özbekistonliklar sedanlarga qaraganda krossoverlarni köproq xarid qila boşlagan. Bir yil içida B klass sedanlar savdosi 124,5 ming donadan 113 ming donagaça kamaygan. Krossoverlar savdosi esa 87,5 ming donadan 98,8 ming donagaça oşgan.

«Narxlarning ösişini asosiy omil deb hisoblamaymiz. Aksinça, 2026-yilda işlab çiqaruvçilar çegirmalar va maxsus kredit dasturlarini taklif qilmoqda, import qilinayotgan avtomobillarning örtaça narxi esa pasaygan», — deya ta’kidladi assotsiatsiya.

Xitoy brendlari özbekistonlik haydovçilarni nimasi bilan jalb qilmoqda

Özbekistonda avtomobillar umumiy savdosi pasaygan bir paytda, Xitoy avtomobillariga talab oşmoqda. ABA ma’lumotiga köra, Xitoy brendlari talab köçayotgan segmentlarda — krossoverlar, gibridlar va elektromobillar bozorida faol taklif bilan çiqmoqda.

Talab oşişining sabablaridan biri benzin narxining qimmatlaşişi böldi. 2026-yilda AI-92 benzinining birja narxi bir neça bor rekord darajani yangiladi. Sovuq mavsumda esa metan zapravkalari faoliyatiga çeklovlar qöyilişi uzun navbatlarga sabab bölmoqda.

Şu fonda tobora köproq haydovçilar elektromobil va gibridlarni tanlamoqda. Bu segmentlarda Xitoy brendlari keng assortimentga ega.

Ixçam krossoverlar — SUV-B segmentining Özbekiston avtomobil bozoridagi uluşi 3 foiz bandga oşib, 21,3 foizga yetdi. Örta ölçamli SUV-C segmenti uluşi esa 1,7 foiz bandga köpayib, 7,7 foizni taşkil etdi. Aynan şu segmentlarda Xitoy işlab çiqaruvçilari avtomobillarning keng tanlovini taklif qilmoqda.

Mahalliy işlab çiqariş ham bozorga ijobiy ta’sir qilmoqda

Bozordagi yana bir muhim omil — mahalliy işlab çiqarişning rivojlanişi. BYD avtomobillarni Özbekistondagi öz zavodida işlab çiqarmoqda. Chery, Haval va Changan modellari esa ADM Jizzakh korxonasida yiğilmoqda.

Bu yetkazib beriş muddatlarini qisqartiriş, avtomobillarga xizmat körsatişni soddalaştiriş va ehtiyot qismlar mavjudligini yaxşilaş imkonini bermoqda.

Xitoy avtomobillari boy jihozlanişi bilan ham xaridorlarni jalb qilmoqda. Köplab modellarda hatto bazaviy komplektatsiyada ham multimedia tizimlari va haydovçiga yordam beruvçi elektron funksiyalar mavjud.

Bundan taşqari, Xitoy avtomobil işlab çiqaruvçilari Özbekistonda dilerlik tarmoqlarini kengaytirmoqda. Xaridorlar rasmiy kafolat va servis xizmatidan foydalaniş imkoniga ega bölmoqda.

Köplab brendlar foizsiz bölib-bölib tölaş dasturlarini ham taklif qilmoqda. Bu esa qimmatroq modellarning ham xaridorlar uçun nisbatan qulay bölişiga xizmat qilmoqda.

ABA ma’lumotiga köra, hozir Özbekiston avtomobil bozorida turli brendlar xaridorlari örtasida qayta taqsimlaniş jarayoni ketmoqda. Buning asosiy manbalaridan biri Chevrolet’ning byudjet segmentidagi uluşi qisqarayotganidir.

«Biroq bu xaridorlarning şunçaki bir brenddan boşqasiga ötişi emas. Asosiy özgariş avtomobil turida kuzatilmoqda: sedan örnini krossover egallamoqda, krossover segmentida esa brendlar örtasidagi raqobat ança keng», — deya qayd etdi assotsiatsiya.

Avvalroq «Kursiv» avtomobil uçun elektron işonçnomani qanday oliş mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek