
UzAuto Motors 2027-yil 1-yanvardan Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillarini bank iştirokisiz bölib tölaş dasturini töxtatadi. Amaldagi şartlar böyiça avtomobil xarid qiliş uçun şartnomani 31-dekabrgaça rasmiylaştiriş mumkin.
Hozir kompaniya uşbu modellarning ayrim komplektatsiyalarini foizsiz bölib tölaş asosida taklif qilmoqda.
Tracker uçun boşlanğiç tölov 75,8 mln söm
Tracker Premier Plus’ni zavodning bölib tölaş dasturi orqali xarid qiliş uçun 75,8 mln söm, ya’ni avtomobil narxining 30 foizi miqdorida boşlanğiç tölov qiliş kerak.
Qolgan summa 36 oy davomida tölanadi. Oylik tölov 4,9 mln sömni taşkil qiladi. UzAuto Motors ma’lumotiga köra, hozirgi dasturda Tracker uçun 22 mln sömgaça çegirma ham berilmoqda.
Cobalt uçun 50 foiz boşlanğiç tölov kerak
Cobalt Style MCM modeli uçun boşlanğiç tölov 78,05 mln söm, ya’ni avtomobil narxining 50 foizini taşkil qiladi. Qolgan summa 24 oyga bölinadi. Oylik tölov 3,25 mln söm atrofida böladi.
Onix Premier 2 Plus uçun esa 30 foiz boşlanğiç tölov — 66,49 mln söm talab qilinadi. Qolgan summa 36 oy davomida har oy 4,31 mln sömdan tölanadi.
Damas uçun şartlar qanday
Damas Van uçun boşlanğiç tölov avtomobil narxining 30 foizi — 27,95 mln sömni taşkil qiladi. Qolgan summa 30 oy davomida tölanadi. Oylik tölov 2,17 mln söm etib belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston avtomobil bozoridagi özgariş haqida yozgan edi.