Xorijiy harbiy xizmatga kiriş uçun javobgarlik özgarmoqda

Özbekiston fuqarolarining çet davlatlar harbiy xizmatiga kirişi va xorijdagi qurolli mojarolarda iştirok etişi uçun jinoiy javobgarlikni takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari bu boradagi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi.
Qonun loyihasiga köra, Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga özgartirişlar kiritiş nazarda tutilgan.
Xususan, Özbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlar qurolli kuçlari, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa tuzilmalariga xizmatga kirişi yoxud ularga xizmatga yollanişi uçun jinoiy javobgarlik takomillaştirilmoqda.
Şuningdek, çet davlatlar hududidagi qurolli töqnaşuvlarda qatnaşiş bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlik normalariga aniqlik kiritiş közda tutilgan.
Qonun loyihasi nima maqsadda işlab çiqildi
Qonunçilik palatasi ma’lumotiga köra, hujjat fuqarolarning xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etilişining oldini olişga qaratilgan.
Şuningdek, ularning turli harbiy tuzilmalarga yollanişi bilan boğliq xavflarni kamaytiriş, milliy xavfsizlikni ta’minlaş hamda tinçlik va insoniyat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikni takomillaştiriş maqsad qilingan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda qabul qilindi. Hujjatning kuçga kirişi uçun qonunçilikda belgilangan keyingi bosqiçlardan ötişi talab etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Global Firepower 2026-yil uçun dunyoning eng kuçli armiyalari reytingini e’lon qilgandi. Unda 145 ta davlat orasida Özbekiston 53-örinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Özbekiston eng yuqori natijani qayd etdi.