Bank omonatlari böyiça foiz stavkalari pasaydi

eʼlon qilindi
2026-yil oktabr oyida sömdagi muddatli bank omonatlari böyiça örtaça yillik foiz stavkasi 17,1 foizni taşkil etdi
Bank omonatlariga soliq: budjet yutadimi yoki bank tizimi yutqazadimi
Rasm sun’iy intellektr yordamida tayyorlandi

Özbekistonda 2026-yil oktabr oyida sömdagi muddatli bank omonatlari böyiça örtaça yillik foiz stavkasi 17,1 foizni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,9% bandiga, sentabr oyiga nisbatan esa 0,1% bandiga past. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, oktabr oyida jismoniy şaxslarning sömdagi muddatli omonatlari böyiça örtacha nominal foiz stavkasi 18,4 foizni taşkil etdi. Bu sentabr oyidagi körsatkiç bilan bir xil, biroq 2025-yil oktabriga nisbatan 2,5% bandiga past.

Bir yilgaça bölgan omonatlar böyiça örtaça stavka sentabrdagi 15,6 foizdan 17,4 foizga oşgan. Bir yildan ortiq muddatli depozitlarda esa körsatkiç 18,8 foizdan 18,6 foizga tuşgan.

Yuridik şaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari böyiça örtacha stavka sentabrdagi 15 foizdan oktabrda 15,7 foizga yetgan. Biroq ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,4% bandiga pasaygan.

Real foiz stavkalari yuqori saqlanmoqda

Markaziy bank hisob-kitoblariga köra, inflyatsion kutilmalar pasayişi fonida sömdagi omonatlarning real daromadliligi nisbatan yuqori saqlanmoqda.

Oktabr oyida jismoniy şaxslar depozitlari böyiça örtacha real foiz stavkasi 8,5 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga nisbatan 0,4% bandiga past, biroq ötgan yilning mos davriga qaraganda 0,3% bandiga yuqori.

Yuridik şaxslar omonatlari böyiça real stavka esa bir oyda 5,3 foizdan 6,6 foizga oşgan. Yillik hisobda ösiş 1,2 foiz bandini taşkil etdi.

Real foiz stavkasi nominal foizdan inflyatsion kutilmalar darajasi ayirilgandan keyin şakllanadi. Bu körsatkiç omonatlarning narxlar oşişi hisobga olingandagi daromadliligini baholaşga yordam beradi.

Valyutadagi omonatlar böyiça foizlar qanday özgardi

Çet el valyutasidagi muddatli depozitlar böyiça örtacha yillik foiz stavkasi oktabrda 4,9 foizni taşkil etdi.

Bu sentabr oyiga nisbatan 0,5 foiz bandiga oşgan, biroq 2025-yil oktabriga qaraganda 0,2 foiz bandiga pasaygan.

Jismoniy şaxslarning valyutadagi muddatli omonatlari böyiça örtaça stavka 5,3 foiz bölgan. Bir yilgaça omonatlar böyiça foiz 2,8 foizni, bir yildan uzoq muddatli depozitlarda esa 5,6 foizni taşkil etgan.

Yuridik şaxslarning çet el valyutasidagi omonatlari böyiça örtaça stavka sentabrdagi 2,8 foizdan oktabrda 4,3 foizga kötarilgan.

Şunday qilib, sömdagi omonatlar böyiça nominal foiz stavkalari yillik hisobda pasaygan bölsa-da, real daromadlilik yuqori darajada saqlanmoqda. Çet el valyutasidagi depozitlar böyiça örtacha foiz stavkasi esa sentabrga nisbatan biroz oşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq dollar valyutasida pul saqlaş qançalik töğriligi haqida xabar berilgandi. Iqtisodçi, iqtisod fanlari doktori Tölqin Boboqulov Kursiv Uzbekistan’ga jamğarmalarni dollarda saqlaşning afzalliklari va xatarlari, sömdagi depozitlar bilan taqqoslaş hamda mablağni turli valyutalarga taqsimlaş masalalari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek