Eron AQŞdan $290 mlrd tovon undirmoqçi

eʼlon qilindi
Eron Fors körfazidagi ayrim davlatlarga qarşi ham sud da’volari kiritgan
Yevropaning to‘rt davlati Eron sanksiyalarini bekor qilishga tayyor
Foto: HSE Daily

Eron sudlari AQŞning mamlakatga yetkazgan zararlari uçun 290 mlrd dollar miqdorida tovon undiriş haqida qarorlar çiqargan. Bu haqda Eron sud tizimining advokatlar markazi rahbari Hasan Abdolianpur davlat televideniyesiga ma’lum qildi.

Abdolianpurning aytişiça, Eron içki sudlarida AQŞga qarşi bir neçta işlar körib çiqilgan va ular böyiça jami 290 mlrd dollarlik tovon undiriş haqida qarorlar olingan.

Uşbu da’volar AQŞning Eronga nisbatan bir neça ön yilliklar davomida amalga oşirgan harakatlarini qamrab oladi. Şuningdek, Eron Fors körfazidagi ayrim davlatlarga qarşi ham sud da’volari kiritgan. Tehron ularni AQŞga Eron hududiga hujumlar uyuştiriş uçun öz hududidan foydalanişga ruxsat berganlikda ayblamoqda.

$290 mlrd qayerdan paydo böldi

Eronning mazkur talabi 28-fevralda boşlangan AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumlari ortidan kuçaygan. Tehron bunga raketa va dron hujumlari bilan javob bergan.

Bundan taşqari, iyun oyida AQŞ va Eron örtasida tuzilgan kelişuv doirasida Eronni qayta tiklaş va iqtisodiy rivojlantiriş uçun kamida 300 mlrd dollarlik mablağ ajratiş rejasi ham tilga olingan. Biroq bu mablağ 290 mlrd dollarlik sud qarorlaridan alohida mexanizm hisoblanadi.

Hozirça AQŞ Eron içki sudlarining 290 mlrd dollarlik tovon haqidagi qarorlarini bajarişi yoki uşbu mablağni tölaşi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar natija bermasa, 2027-yil boşidan keyin mamlakatga qarşi yangi harbiy zarbalar berilişi mumkinligini bildirgandi.

Shuningdek