Huquqbuzarlik haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilişi mumkin

Özbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida tegişli organlarga xabar bermagan mansabdor şaxslar va taşkilot xodimlari uçun jarima belgilaş rejalaştirilmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari bu boradagi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi.
Qonun loyihasiga köra, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi 188⁵-modda kiritilişi nazarda tutilmoqda.
Unga asosan, huquqbuzarliklar haqida xabar beriş majburiyati yuklatilgan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda xodimlari belgilangan tartibni buzsa, jarimaga tortilişi mumkin.
Xususan, içki işlar organlari yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga huquqbuzarlik holatlari töğrisida qonunçilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik uçun ma’muriy javobgarlik joriy etiş taklif qilinmoqda.
Bunda javobgarlik barça fuqarolarga emas, aynan bunday ma’lumotlarni yetkaziş majburiyati yuklatilgan mansabdor şaxslar va xodimlarga taalluqli böladi.
Nega yangi javobgarlik joriy etilmoqda
Qonun loyihasini işlab çiqişga ayrim huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga öz vaqtida xabar berilmayotgani sabab bölgan.
Xususan, 2025-yilda 536 ta erta tuğuruq holati tegişli organlar tomonidan «E-material» axborot tizimida röyxatga olinmagan. Natijada uşbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmagan.
Deputatlarning ta’kidlaşiça, huquqbuzarliklar haqida öz vaqtida xabar berilmasligi ularni aniqlaş va qonuniy çoralar körişga tösqinlik qilmoqda.
Yangi tartib orqali davlat organlari va taşkilotlarning mas’uliyatini oşiriş, ayniqsa, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qiliş maqsad qilingan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda qabul qilindi. Hujjat hozirça qonuniy kuçga kirmagan. Jarimaning aniq miqdori esa e’lon qilingan ma’lumotda körsatilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq soliq huquqbuzarliklari böyiça 86 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşgandi. Soliq organlari ma’lumotiga köra, jami murojaatlarning 68,9 mingtasi xarid çekini bermaslik holatlariga tegişli bölgan.