Mirziyoyev Ammondagi Özbekiston – Iordaniya körgazmasi bilan tanişdi

eʼlon qilindi
Kompaniyalar qöşma loyihalarni taqdim etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Ammon şahrida taşkil etilgan «Özbekiston – Iordaniya» körgazmasi bilan tanişdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Körgazmaga Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn ham hamrohlik qildi. Unda ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik salohiyati namoyiş etildi.

Qaysi sohalar namoyiş qilindi

Körgazmada toğ-kon sanoati va geologiya, kimyo, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat, transport-logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika hamda mudofaa sanoatiga bağişlangan bölimlar taşkil etildi.

Şuningdek, Özbekiston va Iordaniyada amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim qilindi. Bu ikki mamlakat investorlariga sarmoya kiritiş mumkin bölgan loyihalar bilan tanişiş imkonini berdi.

Stendlarda mineral xomaşyo va bazalt mahsulotlari, öğitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kalava ip, mato va tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari namoyiş qilindi.

Kompaniyalar qöşma loyihalarni taqdim etdi

Ikki davlat yirik kompaniyalari vakillari qöşma loyihalarni amalga oşiriş jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, körgazma Özbekiston va Iordaniyaning yetakçi korxonalari örtasidagi kooperatsiyani mustahkamlaş, ilğor tajriba va zamonaviy texnologiyalar almaşinuvini kengaytirişga xizmat qiladi.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn ikki davlat örtasidagi munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga kelişib olgandi.

Shuningdek