Sindarov va Gukeş jahon çempionligi uçun ilk partiyada durang öynadi

eʼlon qilindi
Durang
Foto: Chess.com

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçraşuvining ilk partiyasi durang bilan yakunlandi.

Ikki şaxmatçi 24-noyabr kuni jahon çempionligi uçun bahsning birinçi klassik partiyasida dona surdi. Öyin davomida har ikki grossmeyster raqibiga qarşi ustunlikka erişişga harakat qildi.

Partiyada Sindarov oq donalarda öynadi, Gukeş esa qora donalarni boşqardi. Öyin davomida vaqt omili ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Durang natijasi bilan har ikki şaxmatçi hisobiga yarim oçkodan yozildi. Şu tariqa jahon çempionligi uçun kuraş teng hisobda davom etadi.

Jahon çempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat. Ğolibni aniqlaş uçun şaxmatçilardan biri 7,5 oçko töplaşi kerak.

Avvalroq Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon toji uçun bahs oldidan taniqli grossmeysterlar öz prognozlarini bildirgandi.

Shuningdek