«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Jörayev «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Bahodir Jörayev yangi lavozimga tayinlanguniga qadar «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan. U endilikda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Energetika vazirligida ikkita yangi tayinlov amalga oşirilgandi. Prezidentning tegişli qarorlari bilan Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinçi örinbosari, Otabek Amanov esa energetika vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nazirov bunga qadar «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Amanov esa avval Atom energiyasi agentligining AES qurilişi direksiyasi direktori örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.